ahamiyatga ega. Bu hisobotni o‘qishni bilgan kishi ma’lum
bir darajada
korxonaning moliyaviy natijalari shakllanishi haqidagi ma’lumot bilan tanishishi
va uni 2-shakl ma’lumotlari bilan solishtirishi mumkin.
Bu hisobot korxonaning
naqd va naqd pulsiz muomalalarining umumiy aylanmasi haqidagi ma’lumotlarni
beradi. Hisobot davri boshiga qoldiqqa hisobot davridagi kirim qo‘shilib, hisobot
davridagi
chiqim chegirilib yuborilsa, pul mablag’lari qoldigini hisobot davri
oxiriga aniqlash mumkin.
5-sonli «Xususiy kapitalning xarakati to‘g’risidagi hisobot» shakl
korxona-ning o‘z mablag’lari manbalari haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish va
ular-ning harakati haqida batafsilroq ma’lumot berish uchun tuziladi.
Shunday qilib, moliyaviy hisobot bu moliyaviy hisobning eng yakuniy bos-
qichi va uning asosiy maqsadidir. Qonunga muvofiq 1 yanvardan 31 dekabrgacha
qadar bo‘lgan taqvimiy yil moliyaviy hisobotning hisobot davri hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
soliq idoralariga;
ta’sis hujjatlariga
muvofiq mulkdorlarga;
makroiqtisodiyot va statistika idoralariga;
qonun xujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlarga.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan qo‘shilib boruvchi jamlama tartibda
yilning har choragida taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: