4-mavzu. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari


Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoniga tayyorgarlik


Download 45.16 Kb.
bet7/11
Sana23.04.2023
Hajmi45.16 Kb.
#1390823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi

Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayoniga tayyorgarlik
Bitiruv malakaviy ishni bajarishga tayyorgarlik jarayoni talabaga tanlangan mavzuning o‘rganilganlik darajasini baholashga yordam beruvchi adabiyotlar, monografiya va o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar bilan tanishishdan boshlanadi.
Manba va adabiyotlar bilan ishlash jarayonida tadqiq etilayotgan u yoki bu muammoga taalluqli bo‘lgan dalil va voqealarni yozib olish tavsiya etiladi.
Yozib olingan ma`lumotlar ko‘pchilik hollarda materialni qayta ishlash va guruhlashda qiyinchilik tug‘dirmasligi uchun bitta varaqqa joylashtirilishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ma`lumotlar chiqqan manba va adabiyotlarning qaeridan yozib olinganligini aniq ko‘rsatish talab etiladi.
Manba va adabiyotlar o‘rganilib bo‘lgach esa, bitiruv malakaviy ishning to‘liq rejasini tuzishi va uni ilmiy rahbar bilan, zarur hollarda esa ilmiy maslahatchi bilan kelishishi lozim. Ushbu rejaga ish jarayonida aniqlik kiritish mumkin. Uning oxirgi varianti asosiy manba va adabiyotlar bilan ishlab bo‘lgach tuziladi va u ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlanib, muhim hujjatga aylanadi, unga kiritiladigan o‘zgarishlarni faqat rahbar roziligi bilan amalga oshirish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishni o‘z vaqtida va sifatli bajarish talabaning o‘z mustaqil ishini tashkil etish qobilyatiga bevosita bog‘liq. Malakaviy ishni bajarishni talaba bitiruv malakaviy ish rejasini tuzishdan boshlaydi. Reja asosida boblar va paragraflar bajarilish ketma-ketligi va muddatlari ko‘rsatiladi.
Talaba bitiruv malakaviy ishning kirish va boshqa bo‘limlari hamda xulosalarini tayyorlashi bilan uni ilmiy rahbar va ilmiy maslahatchiga taqdim etadi.
Ular ko‘rsatgan kamchilik va takliflarni bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jadvalida ko‘rsatilgan muddatgacha qayta ishlab chiqadi (3-ilova).
Bitiruv malakaviy ishni bajarishda rejalashtirilayotgan asosiy natijalar
Ilmiy tadqiqot olib borishda faolligini namoyon etish
Sabab-oqibat aloqalarini aniqlash
Har xil sohalar bilimlarini jalb qilgan holda muammolarni yechimini topish
Mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini ifodalash
Mustaqil qaror qabul qilish va faoliyati natijalari bo‘yicha mas`uliyatni uz zimmasiga olish
O‘z bilimiga baho berish va ko‘p xajmdagi axborot muhitida o‘zini yo‘qotmaslik
Gurux bilan ishlash ko‘nikmalarini olish
Tadqiqotlar, tajribalar va tahlillarni mustaqil o‘tkazish
Yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun javob berish
Ilmiy izlanish faoliyati natijalarini tahlil qilib, o‘z yutuqlari va kamchiliklarini aniqlash, vujudga kelgan qiyinchiliklar sabablarini topish, xatolarni tuzatish yo‘llarini aniqlash
Mustaqil faoliyat olib borish huquqidan foydalangan holda o‘z fikrlari va muloxazalarini himoya qilish
Izlanish natijalarining variantlari va ularning sodir bo‘lish ehtimollarini bashorat qilish
Jamoa bo‘lib muhokama qilishda o‘z nuqtai nazarini baholash hamda himoya qilish

Download 45.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling