4-mavzu. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari
Bitiruv malakaviy ish ilmiy maslahatchisi
Download 45.16 Kb.
|
Bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida talabaning majburiyatlari
Bitiruv malakaviy ish ilmiy maslahatchisi:
Bitiruv malakaviy ish maslahatchisi kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchiga ilmiy rahbarlik qilishi uchun biriktirilgan ilmiy darajaga yoki ilmiy unvonga ega professor-o‘qituvchilardan tayinlanadi. talabaga bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida o‘z mutaxassisligiga mos qismini tayyorlashga ilmiy, metodik va amaliy yordam ko‘rsatishi; talabani mavzu bo‘yicha ma`lum qismini yoritishda zarur bo‘ladigan manbava adabiyotlarni izlashga yo‘naltirishi hamda tadqiqotni amalga oshirishda qo‘llaniladigan metodikalarni tanlashga yordam berishi; talabaga muntazam umumkasbiy, ixtisoslik va metodik jihatdan maslahat berib borishi, «Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jadvali»ni nazorat qilishi; belgilangan vaqt davomida bitiruv malakaviy ishning bajarilishini ta`minlash maqsadida ba`zi bir qismlari uchun maslahatlarini kafedradagi bitiruv malakaviy ishlarni muhokama qilish jarayonida bayon qilish; bitiruv malakaviy ish xaqida 10-ilovada keltirilgan shaklda yozma taqriz berishi lozim. Talabaning ilmiy maslahatchi ko‘rsatmalarini bajarmasligi yoki besabab maslahatlarga kelmasligi bitiruv malakaviy ishga maslahatchilikdan voz kechishga asos bo‘ladi. Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida talabaning majburiyatlari: Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba butun o‘quv faoliyatida olgan bilimlari, egallagan ko‘nikmalari asosida quyidagi kasbiy malakaviy talablarga ega bo‘lishi lozim: Vazirlar mahkamasining ta`lim to‘g‘risidagi me`yoriy hujjatlari bilan ishlay olishi; Davlat ta`lim standartlarida ko‘rsatilgan me`yoriy talablarga to‘liq amal qilishi; o‘quv rejasiga muvofiq tarzda faoliyat yurita olishi; ijodiy izlanish asosida ta`lim mazmuniga tegishli o‘zgartirishlar kirita olishi; elektron darsliklar uchun animatsiyali taqdimotlar yarata olishi; ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallar tayyorlay olishi; biologiya sohasiga oid zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosda dars o‘ta olishi; muammoli ta`limni amalga oshirish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini takomillashtirib borishi; o‘quvchi-talabalar bilan do‘stona munosabatlarni shakllantira olishi; pedagogik madaniyat va kasbiy mahoratga ega bo‘lishi; o‘quvchi-talabalar bilan individual va tabaqalashtirilgan holda ta`limni amalga oshira olishi; iqtidorli o‘quvchilarni izlash va ular bilan individual ishlash rejasini tuza olishi; o‘quvchi-talabalarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishini ta`minlay olishi; o‘quvchi-talabalar uchun pedagogik, psixologik va kasbiy yo‘nalishlarda qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etishi; mustaqil ta`lim jarayonida o‘quvchilarning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishi; darsni rejalashtirish jarayonida vaqtdan samarali foydalanish uchun auditoriyaga beriladigan axborotni to‘g‘ri taqsimlay olishi; darsda beriladigan axborot hajmi va o‘quvchini o‘zlashtirish darajasini inobatga olgan holda metodika qonuniyatlarini ishlab chiqishi va ulardan eng qulay metodlar va usullarni tanlab tadbiq eta olishi; darsda qo‘yilgan aniq maqsadga erishish uchun belgilangan vazifalar yechimi asosida kafolatli natijani qo‘lga kiritish; erishilgan yutuq va kamchiliklar yuzasidan o‘z-o‘zini tahlil etish va o‘z faoliyatiga tanqidiy baho berishi; o‘qitish jarayonida pedagogik-psixologik usullarni to‘g‘ri tanlay olishi va ularni qo‘llash uchun yangi tavsiyalar berib borishi; texnologik jarayonlarni o‘qitish tamoyillari va metodlari asosida estetik hamda iqtisodiy samaradorlik tomonlarini o‘rganish; biologik fanlarni o‘qitishning umumiy tamoyillari va metodlarini ishlab chiqish; elektron darsliklar asosida ta`lim bera olishi (mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklar imkoniyatlari yordamida taqdimotlar namoyish etishi); ta`lim jarayonida masofadan o‘qitishni tashkil eta olishi (ushbu holatda masofadan o‘qitish metodlari taxlil qilishi va ularni qo‘llash uchun tavsiyalar ishlab chiqishi); o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni yuzaga keltira olishi (auditoriyaga berilayotgan axborotni turli usullar, tarqatma materiallar asosida mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatlarni yarata olishi hamda o‘tilayotgan mavzuga o‘quvchilarning tanqidiy fikrini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishi); interfaol metodlardan foydalanib o‘qitishni tashkil etishi; auditoriyani psixologik jihatdan boshqara olishi; o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha savollar, bahslar sharoitini yaratishi; darsning yutuq va kamchiliklarini aniqlab, barcha o‘z fikrini ifodalash imkonini beruvchi usullarni tavsiya etishi; o‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini faollashtirish maqsadida auditoriyada psixologik muloqot o‘rnatish uchun kichik guruhlarni shakllantira olish; darsda belgilangan vazifa va muammodan kelib chiqadigan maqsadlarni ifodalay olishi; auditoriyada tashkil etilgan guruhlarda pedagogik g‘oyalar tizimini shakllantira olishi; guruh a`zolari tomonidan tashlangan pedagogik g‘oyalarni tizim holiga keltirib tasniflashi; keltirilgan g‘oyalarni destruktivlashi, ya`ni amalga oshish imkoniyatiga qarab baholashi; o‘quvchilar tomonidan bildirilgan tanqidiy mulohazalarga ob`ektiv baho bera olishi; o‘quvchilarning tanqidiy, tahliliy va aniq mantiqiy fikrlashlarini rivojlatirish uchun ularga o‘z fikrini yozma yoki og‘zaki shaklda ixcham bayon etish va himoya qilishga tegishli shart-sharoitlar yaratishi; ta`lim berish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qanday qo‘llash va o‘qitish uchun lozim bo‘ladigan me`yoriy hujjatlarni tuza olishi; mavzu bo‘yicha dastur, yordamchi chizmalar, tarqatma materiallar va o‘z fikrini o‘zgalarga etkaza olishi hamda himoya qila olishi; dars yakunida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlarni tartibga solishi va ularni umumlashtira olishi; ob`ektlar miqdoriy va sifat munosabatlarini ifodalash uchun matematik metodlarni qo‘llashi; eksperiment ma`lumotlarini ishlab chiqishning asosiy usul va yo‘riqlaridan foydalanishi; olingan natijalarning foydalanish chegarasini baholab va ular ierarxik tuzilishini hisobga olib modellarni tadqiq etishi; uzluksiz ta`lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etishi va o‘tkazilishiga ko‘maklashishi; tadqiqotlarda ishtirok etishi, ma`lumotlarni to‘plashi, umumlashtirishi va tahlil etishi va x.k. Download 45.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling