4-mavzu. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari
Download 45.16 Kb.
|
Bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malakaviy ishni himoya qilish
Malakaviy ishning bajarilishi
Malakaviy ish oliy o‘quv yurtining, odatda, ushbu maqsadda maxsus ajratilgan xonalarida bajariladi. Kafedra tomonidan tuzilgan shartonoma asosida O‘zRFA “Botanika” Ilmiy ishlab chiqarish markazi, O‘zRFA “Mikrobiologiya” instituti, O‘zRFA “Biokimyo” instituti, O‘zRFA Fiziologiya va biofizika institutlarida bajarilishi mumkin. Malakaviy ishning bajarilishi bo‘yicha talabaning hisobot berish muddatlarini kafedra nazorat etadi. Kafedra belgilagan muddatlarda, talaba malakaviy ishning bajarilishi haqida rahbar va kafedra mudiri oldida hisobot beradi. Kafedra mudiri malakaviy ishning tayyorlik holatini belgilaydi. Talaba ish muallifi, tanlangan qarorning to‘g‘riligiga va uning topshiriqqa muvofiqligiga, malakaviy ishda ko‘chirmachilik holatining yo‘qligiga javob beradi. Malakaviy ishni himoya qilish Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch bildirgandan so‘ng, ishni o‘z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kafedra mudiri, taqdim etilgan materiallar asosida, malakaviy ishni talaba tomonidan DAK da himoya qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar, kafedra mudiri talabaning malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi. Himoyaga kiritilgan malakaviy ish taqrizga yuboriladi. Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarni ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislari tanlanadi. Taqrizchilar sifatida oliy o‘quv yurtlarining professor va o‘qituvchilari ham jalb etilishi mumkin. Fakultet dekani malakaviy ishni taqriz bilan himoya uchun DAK ga yuboradi. Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan. Malakaviy ish himoyadan so‘ng (kamida 10 yil) oliy o‘quv yurtida saqlanadi. Har xil sabablar bo‘yicha malakaviy ishni boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud bo‘lgan holda (tadbiq etish, tanlovlar va hakozo), ishdan nusxa olinadi (ishning asl nusxasi oliy o‘quv yurtida qoldiriladi). Download 45.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling