4-mavzu. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari
BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISHDA TASHKILOTLAR
Download 45.16 Kb.
|
Bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchi vazifalari va talaba majburiyatlari Bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbari
BITIRUV MALAKAVIY ISHNI BAJARISHDA TASHKILOTLAR
VAZIFALARI Universitet tayanch kafedralari vazifalari Universitet tayanch kafedralari bitiruv malakaviy ishning bajarilish jarayoniga ilmiy rahbarni, fakultet dekanlari esa ma`muriy rahbarlikni ta`minlaydi. Talaba tayanch kafedralaridan biriga ariza yozgandan keyin u yoki bu kafedraga berkitiladi. Ariza kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqilish jarayonida bitiruv malakaviy ish yoki loyiha mavzui ilk bor aniq ifoda etiladi. Bitiruv malakaviy ishga rahbarlik qilish tartibiga ko‘ra boshqa tashkilot va muassasalardan yuqori malakali amaliyotchi-mutaxassislar, shuningdek, kafedraning ko‘proq tajribali o‘qituvchilari belgilanishi mumkin. Kafedra mudiri talabalarning pedagogik amaliyotini o‘tash jarayoni va ular tomonidan bitiruv malakaviy ishning bajarilishini doimiy nazorat qilib boradi. Talaba pedagogik amaliyotini o‘tab bo‘lishi bilan kafedraga amaliyot o‘tagan joyidan o‘z faoliyati bo‘yicha yozma tavsifnoma va olingan tadqiqot natijalari haqida qisqacha hisobot topshiradi. Ilmiy rahbar, ilmiy maslahatchi vazifalari va talaba majburiyatlari Bitiruv malakaviy ish ilmiy rahbari: talabaga bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jarayonida ilmiy, metodik va amaliy yordam ko‘rsatishi; talabaga mavzuni tanlash, ishni bajarishda bitiruv malakaviy ish mavzui va tarkibiy tuzilmasi tasdiqlangan so‘ng belgilangan vazifalarni ishlab chiqish(2- ilova)ga ko‘maklashishi; talabani mavzu bo‘yicha ilmiy izlanishda zarur bo‘ladigan manba va adabiyotlarni izlashga yo‘naltirishi hamda tadqiqotni amalga oshirishda qo‘llaniladigan metodikalarni tanlashga yordam berishi; talabaga muntazam maslahat berib borishi, «Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jadvali»ni nazorat qilishi (3-ilova), talabaga DAK yig‘ilishida himoya qilish jarayoniga kirish so‘zi va taqdimotlarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan yordamni ko‘rsatishi; belgilangan vaqt davomida bitiruv malakaviy ishning bajarilishini ta`minlash maqsadida ba`zi bir qismlari uchun maslahatchilarni biriktirish bo‘yicha kafedraga taklif kiritishi; bitiruv malakaviy ish xaqida 10-ilovada keltirilgan shaklda yozma xulosa berishi lozim. Talaba muntazam ilmiy rahbar tomonidan belgilangan hamda «Bitiruv malakaviy ishni tayyorlash jadvali» qayd qilingan vaqtlarda olingan natijalar haqida hisobot berib borishi lozim. Talabaning ilmiy rahbar ko‘rsatmalarini bajarmasligi yoki besabab maslahatlarga kelmasligi bitiruv malakaviy ishga rahbarlikdan voz kechishga asos bo‘ladi. Talaba tadqiqotni amalga oshirish jarayonida olingan natijalarning ilmiy ishonchlilik darajasi uchun to‘liq javobgarlikni oladi. Ilmiy rahbar olingan natijalar ishonchliligini baholashda ishtirok etadi. Talaba bitiruv malakaviy ishni o‘z muddatida bajara olmasa, o‘quv kurslarini yakunlagandan so‘ng uch yil davomida himoya qilish xuquqi beriladi. Berilgan vaqt mobaynida u ilmiy rahbari va ilmiy maslahatchisini almashtirish, shuningdek, unga bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda ilmiy va metodik yordam ko‘rsatuvchi boshqa bir kafedrani tanlash xuquqiga ega. Download 45.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling