4-mavzu: ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy funksiyalari tayanch iboralar
Zamonaviy MBBTni tipik tashkil qilish
Download 251.17 Kb.
|
4.Ma\'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosiy funksiyalari
4.6. Zamonaviy MBBTni tipik tashkil qilish.
Ma'lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Ma'lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma'lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Bu tizimlar ma'lumotlar bazasini amaliy dasturlardan ajratadi. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo’lib, ular yordamida foydalanuvchi ma'lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma'lumotlar ustida ish yuritishi mumkin. Juda ko’p turdagi MBBT mavjud. Ular o’z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo’lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin. MBBT quyidagi vazifalarni bajaradi: MB da joylashgan ma’lumotlarni ko’rish; MB ga yangi yozuvlarni kiritish; MB yozuvlarini tahrirlash; MB dan tegishli hisobotlarni olish; MB yozuvlaridan nusxa olish va boshqalar. MBBT da asosan quyidagi ish mexanizmlari eng ko’p ishlatiladi: yangi kiritilgan qiymatlarni o’z formatiga muvofiq tarzda xotirada jismoniy joylashtirish mexanizmi; so’ralgan ma’lumotlarni izlash mexanizmi; bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchilarning turli xil so’rovlariga tezda bir vaqtning o’zida mutanosib tarzda javob berish mexanizmi; ruxsat berilmagan kirishlar va nomutanosib o’zgartirishlarda himoyalash usullari mexanizmi; MB ni ishchi holatda doimo saqlash va MBBT ning boshqa ko’pgina xizmatlari. Zamonaviy MBBT lari quyidagi talablarni ta’minlashi lozim: ma’lumotlarning mustaqilligi; talablarning kuchli tili; javob (sado berish)ning qisqa vaqti; ma’lumotlar va kataloglarni qayta tashkil etishni qisqartirish yoki ulardan voz kechish. MBBT da ma’lumotlarning mustaqilligi asosiy, talablarning kuchli tili esa foydalanuvchining talablarini qondirishning muhim shartidir. Bu tillar assotsiativ manzillashtirish va ma’lumotlar to’plami bilan amallar bajarish vositalariga ega. Bu esa o’z navbatida kompyuterlar yangi qurilmalarining ichida ulardan samarali foydalanishga sharoit yaratadi. MBBT alohida olingan modullardan tashkil topgan: MB ni boshqarish bloki - disklardagi ma’lumotlar bilan foydalanuvchi dasturi va tizimning so’rovi (guery) orasidagi interfeysni aniqlaydi. Fayl menedjeri - ma’lumotlar tuzilmasi bilan disklar o’rtasidagi boglanishni boshqaradi. Guery-protsessor - ingliz tilida yozilgan guery so’zlarini MB ni boshqarish bloki tushunadigan tilga o’tkazadi. Prekompilyator DML (Data Manipulation Language) - ma’lumotlar bilan manipulyatsiya qiladigan til bo’lib, u quyidagi operatsiyalarga javob beradi: MB dan ma’lumotlarni ajratib olish. MB ga ma’lumotlarni kiritish. MB dan ma’lumotlarni olib tashlash. MB ni modifikatsiya (o’zgartirish) qilish. Kompilyator DDL (Data Definition Language) - MB tilini, uning tuzilmasini va tashqi xotiralardagi axborot turini aniqlaydi. Download 251.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling