4 mavzu: Mantiq Seminar rejasi


Faraz (gipoteza) deb hali isbot qilinmagan, taxminiy, ehtimoliy fikrga aytiladi


Download 196.59 Kb.
bet24/30
Sana24.02.2023
Hajmi196.59 Kb.
#1227210
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
4 maruza

Faraz (gipoteza) deb hali isbot qilinmagan, taxminiy, ehtimoliy fikrga aytiladi.
Faraz analogiya yoki qiyos orqali amalga oshiriladi.
Faraz tafakkur shakllaridan biri bo‘lib, tushunchalar, muhokamalar va xulosa chiqarish sistemasidan iboratdir. Faraz orqali olamdagi voqea va hodisalarning xususiyatlari, qonuniyat va sabablari bilib olinadi. Shuning uchun u bilishda katta ahamiyatga ega.
Tadqiqotchi tekshirilayotgan hodisalarning o‘xshashligini bundan oldin qonunlari muqarrar bo‘lgan hodisalar bilan aniqlab, taxminiy, ehtimoliy fikrni bayon qiladiki, bunda muayyan aloqadorlik qonuni mavjud bo‘ladi. Bunday faraziy fikrni chiqarish uchun tadqiqotchi to‘plangan ilmiy bilimlarning barchasini aniqlashga harakat qiladi. Masalan, atom tuzilishi to‘g‘risidagi nazariya Quyosh sistemasi sayyoralariga qiyos qilib ishlab chiqilgan edi.
Fanda ma’lum bo‘lgan barcha nazariyalar avval boshda farazlar tarzida ilgari surilgan, keyinchalik tajribada tasdiqlanib, nazariya shaklini olgan. Masalan, Darvin ta’limoti, Mendeleevning ximiyaviy elementlar davriy sistemasi shular jumlasidandir.
Tadqiq etilayotgan ob’ekti nuqtai nazaridan farazlar ikki xil bo‘ladi: 1) umumiy va 2) xususiy farazlar
Umumiy faraz deb ma’lum jinsdagi voqea-hodisalarning xususiyatlari, qonuniyat va sabablari to‘g‘risidagi ehtimoliy fikrlarga aytiladi.
Umumiy faraz miqdor jihatidan ko‘p, hajm va ko‘lami keng, katta, jins hodisalarni tekshirishda qo‘llaniladi. Masalan, atom to‘g‘risidagi faraziy fikr, Darvin tomonidan turlarning tabiiy tanlanish asosida vujudga kelganligi to‘g‘risida ilgari surgan g‘oyasi, Kopernikning geliotsentrik farazi, Nyutonning butun olam tortilishi to‘g‘risidagi fikri, Kantning Yer sharining sharsimon gazdan vujudga kelganligi to‘g‘risidagi farazi va boshqalar shular jumlasidandir. Ulardan ko‘pi hozirgi kunda isbotlanib, nazariyalarga aylandi.
Xususiy faraz deb konkret, ayrim, yakka fakt va hodisalarga, ularning xossa-xususiyatlariga taalluqli ehtimoliy fikrlarga aytiladi.
Xususiy faraz tor, cheklangan doiradagi buyum-hodisalarga tatbiq etiladi.
Umumiy va xususiy farazlarni ilgari surish va asoslash jarayoni ishchi faraz orqali amalga oshiriladi.
Ishchi faraz deb tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan va keyinchalik tekshirilishi lozim bo‘lgan ehtimoliy fikrga aytiladi.

Download 196.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling