4 mavzu: Mantiq Seminar rejasi
Download 196.59 Kb.
|
4 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushunchaning hajmi
2–savol bayoni: Ob’ektiv borliq, undagi buyum va hodisalar inson ongida tushunchalar yordamida, ular orqali aks etadi, bilib olinadi. Tushuncha tafakkurning eng dastlabki, sodda shakli, real borliqning inson ongidagi g‘oyaviy timsolidir.
Tushuncha deb buyum va hodisalarning eng umumiy, muhim, zaruriy belgilarini inson ongida aks ettiruvchi tafakkur shakliga aytiladi. Buyumning asl, tub xususiyatlarini ifoda etuvchi belgi buyumning muhim belgisi hisoblanadi. Ongimizda aks etgan narsa va hodisalar belgisi tushuncha belgisi deyiladi. Masalan, «odam» tushunchasining muhim belgisi aqlli, ongli, fikrlash, so‘zlash va mehnat qilish faoliyatiga ega bo‘lgan mavjudot ekanligidir. Tushunchaning mantiqiy tarkibini uning mazmuni va hajmi tashkil etadi. Tushunchaning mazmuni deb unda aks etgan buyum va hodisalar muhim belgilarining majmuidan iborat bo‘lgan bilimlarga aytiladi. Tushunchaning hajmi deb unda aks etgan buyum va hodisalar doirasi va ko‘lami to‘g‘risidagi bilimga aytiladi. Masalan, «odam» tushunchasining hajmini o‘tmishda yashagan, hozir yashayotgan va kelajakda ham yashashi mumkin bo‘lgan barcha kishilar tashkil etadi. Mantiqda tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni mavjuddir. Bu qonunga binoan, tushunchaning mazmuni qancha keng bo‘lsa, uning hajmi shuncha tor bo‘ladi va aksincha, tushunchaning mazmuni qancha tor bo‘lsa, ya’ni belgilari kam, umumiy bo‘lsa, uning hajmi shuncha keng bo‘ladi. Bu qonun tushunchada o‘zaro jins-tur munosabatida ko‘rinadi. Masalan, «adabiyot» va «XX asr o‘zbek adabiyoti» tushunchalarining hajmlari turlichadir. Chunonchi, «adabiyot» tushunchasining hajmi keng, mazmuni esa tordir. «XX asr o‘zbek adabiyoti» tushunchasining hajmi tor bo‘lsa ham, mazmuni kengdir. Tushunchalar bir qancha belgilariga binoan har xil turlarga bo‘linadi: Mazmuniga binoan tushunchalar quyidagi turlarga bo‘linadi: konkret va abstrakt, nisbatdosh va nisbatsiz, ijobiy va salbiy tushunchalar, kategoriyalar. Download 196.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling