1.Sig‘ishadigan (taqqoslanadigan) munosabatlar – o‘zaro muhim, umumiy va o‘xshash belgilarga ega bo‘lgan tushunchalar o‘rtasida bo‘ladi. Masalan: tarix, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, matematika – fanning turli tarmoqlari, Nodira, Ra’no – dugonalar.
Sig‘ishadigan tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar uch turga bo‘linadi:
a) ayniyat munosabati – mazmun jihatidan bir-biridan farq qilmaydigan, ammo bir xil buyum va hodisalarni ifoda qiluvchi tushunchalar o‘rtasida bo‘ladi. Masalan:
Birinchi jahon urushi – A.
1914 yilda boshlangan imperialistik urush – V.
Bu tushunchalarning hajmlari bir-biriga teng: A – V (1-surat).
АиВи
А-В
1-surat
b) bo‘ysunish munosabati. Bunda torroq tushuncha o‘zidan kengroq tushuncha hajmiga kiradi. Bunda jins (A) va tur (V) tushunchalar o‘rtasidagi munosabat amal qiladi. Masalan: daraxt va tut, fan va tilshunoslik, meva va olma (2-surat).
А
А
В
В
2-surat
v) hajmlarning qisman moslik munosabatida ikki yoki undan ortiq tushunchalar hajm jihatidan bir-biriga qisman mos keladi. Masalan: talaba (A) , a’lochi (V), shoir (S), talaba (A), shaxmatchi (V) (3-surat).
В
А
В
А
С
3-surat
2. Sig‘ishmaydigan (taqqoslanmaydigan) munosabatlar – tushunchalarda muhim va umumiy belgilar bo‘lmasligini ko‘rsatadi. Bular uch turga bo‘linadi:
a) birgalikda bo‘ysunish munosabati – ayni bir jins tushunchaga bir necha tur tushuncha bo‘ysunishi natijasida vujudga keladi va turdosh tushunchalar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Masalan: dunyo qit’alari (Ye) va Yevropa (A), Osiyo (V), Afrika (S), Amerika (D) va h. k. (4-surat).
Do'stlaringiz bilan baham: |