4 mavzu: Mantiq Seminar rejasi
А Е В С Д 4-surat
Download 196.59 Kb.
|
4 maruza
А
Е В С Д 4-surat b) qarama-qarshilik (kontrar) munosabati – mazmun jihatidan bir-biriga qarama-qarshi, ammo ikkalasi ham ayni bir jins tushuncha hajmiga kiradigan ikki tushuncha o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Masalan: «oq» va «qora» tushunchalari o‘rtasida qarama-qarshilik munosabati mavjud bo‘lib, bular uchun umumiy jins tushuncha «rang» tushunchasidir (5-surat). С А В 5-surat v) zidlik (kontradiktor) munosabati – ikki tushuncha o‘rtasida mavjud bo‘lib, ulardan biri ikkinchisini inkor etadi, ammo inkor qiluvchi tushunchaning ma’nosi noma’lum bo‘lib qoladi. Masalan: qora rang (A) va qora emas rang (A emas) tushunchalari (6-surat). С А Ā 6-surat Hukm – predmetga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o‘rganib, ular haqida hukmlar hosil qilamiz. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi. Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo‘ladi. Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to‘g‘ri ifodalagan hukmlar chin, mos kelmaganlari xato bo‘ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlardir. Download 196.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling