4-mavzu. Narxni shakllantirish tamoyillari va davlat nazorati
-rasm.Bozordagi maksimal narx
Download 25.41 Kb.
|
4-mavzu. Narxni shakllantirish tamoyillari va davlat nazorati-hozir.org
4.4-rasm.Bozordagi maksimal narx
Ikkinchi B rasm ancha qiziqarli natija ko’rsatadi.Bu holatda, hukumat muzqaymoq uchun narx yuqori chegarsini 2$ etib tayinlaydi. Chunki 3$ muvozanatli narxning yuqorisida turibdi. Ushbu yuqori chegara esa bozorda majburiy chegara vazifasini bajaradi.Taklif va talab narxni muvozanat tomonga qarab harakat qilishga majbur etadi. Ammo qachonki bozor narxi yuqori chegaraga yetsa qonun bilan undan yuqoriga o’sa olmasligi mumkin. Shunday qilib bozor narxi narxning yuqorisini muvozanatlaydi. Bu narxda esa talab etilgan muzqaymoq miqdori (rasmda 125 dona) taklif miqdordan oshib (75 dona). Demak bu yerda muzqaymoq tanqisligi yuzaga keladi, 50 nafar odam muzqaymoq sotib olishni hohlasa ham uni harid qila olmaydi. Qachonki muzqaymoq tanqisligi narx o’zgarishi tufayli ortsa, tovar yetkazib beruvchining normallashtirish mexanizmi ham shakillanadi. Ushbu mexanizm tovarga bo’lgan navbat bo’lishi mumkin. Navbatga erta kelib, kuta oladigan iste’molchilar natijada muzqaymoq oladilar, ammo aksariyat kuta olmaydigan odamlar esa sotib olmaydilar. Bunga muqobil ravishda, sotuvchilar muzqaymoq yetkazib berishni o’zlarining hohishlariga qarab. masalan, faqat jamiyatning ma’lum bir guruhiga, oila a’zolariga, do’stlariga muzqaymoq sotish orqali normallashtirishlari mumkin. Shunga qaramasdan, narx o’zgarishi muzqaymoq sotib oluvchilarga yordam berish istagi orqali yuzaga kelayotgan bo’lsada, sotib oluvchilarning hammasi ham bundan manfaat ko’ra olmaydi. Ba’zi bir iste’molchilar navbatda kutgan holda arzon narxda muzqaymoq olishlari mumkin, ammo boshqalari esa umuman muzqaymoq sotib ola olmasliklari mumkin. Muzqaymoq bozoridagi ushbu misol shunday umumiy natija ko’rsatadi: Qachonki hukumat raqobatli bozordagi narx o’zgaruvining mustahkamlashishiga aralashsa, tovar tanqisligi oshadi, natijada sotuvchi tanqis tovarni ko’p sonli imkoniyatli sotib oluvchilar orasida normallashtirishi shart. Narx o’zgarishi natijasida yuzaga kelgan normallashtiruv mexanizmi unchalik ham samarali va ma’qul emas, chunki navbatda kutib turish sotib oluvchilarning vaqtini oladi. Sotuvchining hohishiga qarab tovarni yoki haridorni ajratish ancha noqulay, samarasiz va shu bilan birga insofsizlikdir (chunki haridor juda qadrlaydigan tovar unga to’g’ridan-to’g’ri bormaydi). Bunga qarshi tarzda, tartibli, to’gri yo’naltirilgan savdo esa ham insoniylikka to’g’ri keladi va ham samaralidir. Qachonki muzqaymoq bozori o’zining muvozanatiga erishsa, bozordagi har bir tovar uchun pul to’lagan iste’molchi muzqaymoqni qo’lga kiritshi mumkin. Ochiq bozor tovarning narxi bilan birga muvozanatga keladi. Hukumatning boshqa turdagi narx nazorati qanday natajalar berishini kuzatishdan oldin keling biz yana muzqaymoq bozoriga qaytamiz. Tasavvur qilingki, hukumat Milliy Muzqaymoq Tayyorlovchilar Haya’tiga chiqarilgan sud qarori tomonidan harakatga keltirildi.Bunday holatda hukumat narxning quyi chegarasini o’rganib chiqadi.Narxning quyi chegarasi huddi uning yuqori chegarasidek hukumat tomonidan bozordagi muvozanatni ushlab turish uchun o’rnatiladi.Shunday vaziaytda yuqori chegarali narxlar huddi quyi chegarali narx kabi qonuniy doiradan chiqib ketmaydi. Download 25.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling