4-mavzu. Narxni shakllantirish tamoyillari va davlat nazorati
Download 25.41 Kb.
|
4-mavzu. Narxni shakllantirish tamoyillari va davlat nazorati-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Narx ustidan nazoratning salbiy oqibatlari
4.5-rasm.Minimal narxlar
Qachonki davlat muzqaymoq bozorida quyi narxni belgilaganda ikki xil natija kelib chiqishi mumkin. Qachonki muvozanatdagi narx 3$ bo’lsayu, hukumat tovar uchun 2$ narx belgilasa, biz (A) rasmdagi natijaga erishamiz. Bunday holatda narxning quyi chegarasi bozor holatiga ta’sir ko’rsatmaydi. Bozordagi kuchlar tabiiy ravishda iqtisodiyotni muvozanatga olib boradi va quyi narxning ta’siri sezilmaydi. B rasm hukumat muzqaymoq uchun 4$ narx belgilanganda nima sodir bo’lishini ko’rsatadi. Bu holatda muvozanatli narx 3$ bo’lib, u pastda bo’lgani uchun minimal narx bozorga qarama-qarshi ta’sir o’tkazayapti. Talab va taklifning ta’siri natijasida narx muvozanatadgi narxga qarab harakat qiladi. Ammo qachonki bozor narxi quyi chegaraga u undan pastga tusha olmaydi. Bozor narxi quyi chegaradagi narxni belgilab beradi. Bu chegarada ta’minlab berilgan muzqaymoq (120 dona) miqdori talab etilgan miqdordan (80 dona) oshib ketadi. Muzqaymoqni bozorda harakat qilayotgan narxda sotmoqchi bo’lganlar uni sota olmaydi. Shunday qilib, narxning quyi chegarasini belgilashning oqibati taklif qilinayotgan mahsulot ortiqchaligidir. Biz takidlaganimizdek, narzning yuqori chegarasi va taqchillik, taqsimlanishining noto’g’ri mexanizimmini shakillanishiga olib keladi. Quyi chegarasi narx natijasida, ba’zi sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini sota olmaydilar.Haridorlarning shaxsiy hohish istaklariga qarab harakat qiluvchi sotuvchilar boshqalar odamlar sota olmagan narxlarda tovarlarini sotishlari mumkin. Aksincha erkin bozorda narx muvozanatni boshqaruvchi sifatida ishtirok etadi va sotuvchilar o’z tovarlarini muvozanatdagi holatda hohlaganlaricha sotishlari mumkin. 4.3. Narx ustidan nazoratning salbiy oqibatlari Rasmdan ko’rinib turibdiki, narxni nazorat qilish umumiy yalpi ortiqchalikning ma’lum qismini yo’qotishga olib keladi va ushbu yo’qotishga to’liq yo’qotish deyiladi. Ortiqchaliklarning umumiy o’zgarishini aniqlash uchun biz iste’mochi ortiqchaligi o’zgarishi ∆ist. va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi o’zgarishi ∆i/ch ni qo’shamiz. ∆ = ∆ ist. + ∆ i/ch. = (A-B) + (-A-C) = A – B – A – C = - B – C. Shunday qilib, biz B va C uchburchaklarning yuziga teng bo’lgan to’liq yo’qotishni olamiz. Bu to’liq yo’qotish narxlarni nazorat qilish bilan bog’liq davlatning iqtisodiy siyosatining samarasiz ekanligini ko’rsatadi. Bu erda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo’qotilgan ortiqchalikning iste’molchilar yutib olgan ortiqchalikdan katta ekanligini ko’rish mumkin. Download 25.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling