4-mavzu. Noruda materiallar konlari. Sifatli ko‘tarmalarni ko‘tarishda transport vositalari Reja


Download 1.51 Mb.
bet2/7
Sana24.03.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1291714
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-ma\'ruza lotin

O‘lchamlari,

mm


Toshning maksimal

Tosh maydalanish




Kirish qismi Vkir

CHiqish qismi Vchiq

diametri, mm

darajasi, i

Jag‘simon – dastlabki yirik maydalovchi

1500… 900

180… 130

1200…700

3…5

Jag‘simon – toshlarni mayda yanchish

600… 250

100… 20

510…210

3…5

Konussimon – dastlabki yirik maydalovchi

1500… 500

180… 60

1200…400

3…6

Konussimon – o‘rtacha maydalovchi

450… 250
175… 115

80…25
50…8

400…215
145…95

5…6
3…5

Konussimon – toshlarni mayda yanchish

130… 95

15…3

100…40

5…6

Zarbali maydalash (rotorli)

1250… 500

200… 300

1000…400

20 gacha


Tabiiy shag‘al-qum aralashmasini qayta ishlash jarayoni ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularning tarkibida yirik toshlar, yopishqoq grunt zarrachalari va boshqa mexaniq-minerologik qo‘shimchalar bo‘lishi mumkin. Dastlab yirik toshlar ajratib olinadi va ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Umuman olganda, shag‘al-qum aralashmasini qayta ishlash bo‘yicha jarayonlar quyidagilardan iborat:

  • dastlabki saralash, bunda aralashma 0,15…5 mm o‘lchamlardagi qumlarga, 5…150 m o‘lchamlardagi shag‘alga va o‘lchamlari 150 mm dan yuqori bo‘lgan toshlarga ajratiladi;

  • qumlarni yuvish;

  • shag‘alni yuvish;

  • yirik toshlarni maydalash;

  • shag‘al va chaqiq toshlarni belgilangan fraksiyalar bo‘yicha saralash.

Shag‘al-qum aralashmasini qayta ishlash usuli, ushbu noruda materiallarni tabiiy konlardan qazib olish usullariga bevosita bog‘liqdir. Agar noruda materiallari mexaniq usulda (er qazish mashina-mexanizmlari yordamida) qazib olinsa, shag‘al-qum aralashmasi tabiiy namlik holatida bo‘ladi. Agar ular gidromexanizatsiya usulida konlardan olinsa, qorishma (pulpa) holatida bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan ikki holat uchun, shag‘al-qum aralashmalarini qayta ishlash jarayonlarining texnologik sxemalari rasmlarda keltirilgan.
Mexanik usulda qazib olingan shag‘al-qum aralashmasi tarkibida chang, gil va boshqa grunt zarrachalari miqdori og‘irligi bo‘yicha 3-5% dan kam bo‘lsa, qayta ishlash jarayoni quruq usulda amalga oshiriladi. Quruq usulda asosiy ish jarayoni materiallarni yirikliklari bo‘yicha saralashdan iborat. Materiallarni yuvish esa, elaklarda materiallar yo‘nalishiga qarshi ma’lum burchak ostida yo‘naltirilgan bosimli suv yordamida amalga oshiriladi. Materiallarni qayta ishlashning xo‘l usulida yuqorida keltirilgan barcha texnologik jarayonlar suv yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun materiallarni saralash, tozalash jarayonlarida yuvish mashina va qurilmalari (shag‘al va qum yuvish barabanlari) qo‘llaniladi. Ishlov berilgan materiallar texnologik jarayonning oxirgi bosqichida maxsus drenaj qurilmalariga ega bo‘lgan bunker va tindirgichlarda quritiladi.
Gidromexanizatsiya usulida olinadigan shag‘al-qum aralashmasi qayta ishlash jarayoniga qorishma (pulpa) ko‘rinishida tushadi. Bunday usulda materiallarni yuvish jarayoniga hojat qolmaydi. Dastlabki qorishma (pulpa) oddiy qurilmalarda shag‘al va qumga ajratiladi va keyin shag‘al xuddi quruq usuldagi kabi yirikligi bo‘yicha saralanadi.
Qum tarkibidagi yopishqoq gruntlar (il, gil va hokozo) zarrachalarini ajratib olish uchun gidravlik klassifiqatorlardan ham foydalanish mumkin. Ushbu maqsadlarda asosan gravitatsion va markazdan kochma (gidrotsiklonlar) klassifiqatorlar qo‘llanilib, ular vertikal yoki gorizontal shakllarda bo‘lishi mumkin. Klassifiqatorlarda suv oqimini shunday tashkil qilish kerak bo‘ladiki, bunda qum zarrachalaridan tashqari boshqa grunt zarrachalari muallaq holatda bo‘lishlari kerak.





Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling