4-mavzu. Noruda materiallar konlari. Sifatli ko‘tarmalarni ko‘tarishda transport vositalari Reja
-rasm. Qoyatosh gruntili karerni qazish
Download 1.51 Mb.
|
4-ma\'ruza lotin
4.3-rasm. Qoyatosh gruntili karerni qazish
1 – burg‘ilash dastgoxi; 2 – yuzpana chetlanishi; 3 – grunt qazib olinadigan chetlanish Odatda, xar bir ekskavator uchun uch zaboy mavjud bo‘lib, ularda ishlar quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: birinchi zaboyda burg‘ilash xamda portlatishga tayyorlash, ikkinchi zaboyda – jinsni terib olish, uchinchi zaboyda – zaboyni tozalash amalga oshiriladi. CHiqiq joyning balandligi geologik shart-sharoitlarga, burg‘ilashning maqsadga muvofiq chuqurligiga va ekskavatorning ish ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ladi. Bir ekskavatorning ish fronti uzunligi Lz ekskavator uchun kamida 10-15 kunga mo‘ljallangan ish xajmidan kelib chiqib tayinlanadi: Psut T Lz , (4.6) F bu erda Psut – ekskavatorning bir sutkalik ish unumdorligi; T - ekskavatorning bir zaboydagi ish vaqti, sutka xisobida; F – zaboy maydoni, m2. Karerda ishlash paytida vertikal quduqlar qazish odatda zarbdor-sim arqonli yoki zarbdor-aylanuvchi dastgoxlar yordamida amalga oshiriladi. Mayda quduqlardan ko‘ra, bir-biridan uzoqro= masofada joylashgan katta (diametri 200-300 mm bo‘lgan) quduqlar qazigan ma’qul. Bu xolda portlatilgan jinsning 1 m3 ga to‘g‘rikeladigan burg‘ilash xajmi va vaqti kamroq bo‘ladi. Toshlarning eng katta o‘lchamlari dk quyidagi formula bo‘yicha aniqlangan qiymatlardan orti= bo‘lmasa, ekskavatorning transportga tosh yuklashdagi ish samaradorligi oshadi: dk 0,8 3q , (4.7) bu erda q – ekskavator cho‘michining sig‘imi, m3. Biroq, portlashdan keyin portlatilgan jins xajmining 5-25% miqdorida nogabarit toshlar olinadi. Nogabarit toshlarni perforatorlar bilan quduqlarni 0,20-0,25 m chuqurlikda qazish orqali burg‘ilashga va ularni tanaffuslar yoki smena almashuvi paytida portlatishga to‘g‘rikeladi. Kichikroq xarsangtoshlarni yopishtirma zaryadlar bilan maydalash lozim. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling