4-mavzu: nutq uslublaridan to‘G‘ri foydalanish reja
Download 55.99 Kb.
|
Maruza 4
Shirinsuxanlik ham katta san’at. Shirin so‘z bilan kishining ishonchi va
qalbini egallash mumkin. Unda yuz ifodasi tilning ko‘rki hisoblanadi. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor oladi. Til shunday kuchga egaki, suyaksiz bo‘lsa ham “suyakka tegishi”mumkin. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy me’yoriy talablarini bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorkin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati –muomalaning muhim jihatlarini tashqil etadi. Shu bois, muomala odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuhanliq kamsuqumliq bosiqliq hushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi. Muomala odobining yana biri bu – insoniy nigoh. Ma’lumki, odamning nigohida, yuz ifodasida, qo‘l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, so‘zga aylanmagan hissiyoti, talablari o‘z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo‘l siltab ketishi yoki fikrini bo‘lib, qo‘pol muomalada bo‘lishi madaniyatsizlikni anglatadi. Suhbatdoshni fikrini noto‘g‘ri deb bilgan taqdirda ham tarbiyali va kamtar inson “Menimcha adashdingiz?” “O‘zr, men boshqa fikrdaman”, “Kechirasiz, men sizning fikringizga qo‘shilmayman” degan iboralar bilan murojaat qiladi. Hech qachon “umuman noto‘g‘ri”, “bu to‘g‘rida hech narsani tushunmaysiz”, “ bu narsani yosh bola ham biladi” degan iboralarni ishlatish mumkin emas. Gapirayotgan insonni fikrini bo‘lib, “Bo‘lishi mumkin emas”, “O‘zingiz ishonasizmi?” tarzidagi iboralar bilan chalg‘itish ham odobsizlik sanaladi. Xushmuomalalik va xushfe’llilikning mug‘ombirlikdan va qalbaki tortinchoqlikdan kelib chiqmasligi, samimiy, tabiiy va beg‘araz, har qanday mug‘ombirlik va soxta tortinchoqlikdan xoli bo‘lishi kerak Hamma davrlarda suhbat, muloqot inson muomalasining asosini tashqil qilgan. Suhbat – bu insonlar o‘rtasidagi fikrlar almanishuvi bo‘lib, u aqllilik va chiroyli so‘zlashdan ibora bo‘la olmaydi. Ba’zi insonlar qanday qilib gap boshlashni bilishmaydi, gapirganda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Juda ko‘p keraksiz so‘zlarni, ishlatadilar. Bugungi kunda ba’zi yoshlarimiz nutqidan mamnun emasmiz. Chunki ularning nutqi umuman yo‘q hisob, gaplari faqat jargon va xunuk so‘zlardan iborat. Agar suhbatdoshingizning nutqi jargon so‘zlar bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa, o‘zi qiynalib poyma-poy gapirsa, talaffo‘zi yaxshi bo‘lmasa, ohangi quloqqa yoqmasa, eng mazmundor suhbat ham o‘z qimmatini yo‘qotadi. Hamma vaqt aniq-ravshan, hovliqmasdan, muloyimlik va mayin ovoz bilan gapirishga harakat qilish kerak Hovliqib aytilgan so‘zni tushunish qiyin bo‘ladi, juda cho‘zib, sekin gapirish esa kishining sabr-kosasini to‘lib toshiradi. Talaffo‘z etilgan har bir so‘z, bo‘g‘in va ohang aniq va ravshan jaranglashi lozim. Juda nozlanib gapirish ham xunuk odat. O‘z ona tilini hurmat qilgan inson uni bo‘zilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Horijiy so‘zlarning aniq ma’nosini bilgan va ularni to‘g‘ri talaffo‘z eta oladigan kishi, zarurat bo‘lsa, ularni o‘z nutqida ishlatishi mumkin. Ovoz, ohang. Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va so‘zning grammatik qurilishi etarli emas, bu erda gaplashish ohangi va intonatsiya muhim rol o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni, hissiyotni aks ettiradi. So‘zlashish ohangidan hatto kishining kayfiyatini bilish mumkin. Ohang ma’lum darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Yani suhbatdoshimizning tarbiyali yoki tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Yurish-turish vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, so‘zlashish ohangi ham shunchalik ahamiyatga ega. Bitta so‘z yoki iboraning o‘zi qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga har xil ta’sir etishi mumkin. Ko‘pincha aytilgan so‘z emas, balki haqoratomo‘z ohang kishini ranjitadi. Ohangizning chiroyligi yoki ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda og‘ir yoki engil kayfiyat uyg‘otasiz. Ifodalanayotgan so‘zlarning ma’nosi umuman tinglovchilarga hech qanday ta’sir bermaydi. U suhbatdoshingizning javob berish imkoniyatini yaxshilash darjasida bo‘lsa bas. Haqiqiy ma’lumot so‘z ohangizdadir. Asosiy xavf shundaki na siz va na sizning suhbatdoshingiz nishonga teguvchi bu bevosita ifodalanuvchi ma’lumotni onglangan tarzda ham onglanmagan tarzda ham tahlil qila olmaysiz. Har bir zamonaviy inson o‘z ohangini o‘zgartirish imkoniga ega. Avvalambor, haqqoniy eslashga harakat qiladigan bo‘lsangiz, qachondir siz o‘z ohangizga nisbatan maqtovlar eshitganmisiz yo‘qmi buni bilib olasiz. Agar ohangizning yaxshiligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, unda ovozingizni tasmaga yozib olib, uni eshitib ko‘ring. Birinchi eshitishdayoq ko‘pchilik o‘z ohangini hayrat bilan tanib qolishadi. Yoqimli ohang – bunda biz ayollarni nazarda tutyapmiz – odatda nafis ohangdir, baland ham, past ham, tez ham sekin ham emas. Agar sizning ovozingiz boshqalarga yoqmasa, hayotingizdagi tutgan o‘rningizga ohangni mos kelmaganidan bo‘lishi mumkin. ehtimol, siz gaplashayotganda charcharsiz. Boshqa nutqdagi qusurlar ham to‘g‘irlansa bo‘ladi. Ammo chiroyli nutq uchun faqat ohangning nafisligi etmaydi. Dunyoqarashning boyligi nutqni yanada go‘zallashtiradi. Zero, quruq so‘zlardan iborat chiroyli nutq odamlarda sizga nisbatan bo‘lgan kinoyani uyg‘otadi.Buyuk Mavlono Jaloliddin Rumiy «Ichindagi ichindadir» nomli asarida «So‘z – idrok qilishda so‘zga muhtoj bo‘lganlar uchundir. So‘zsiz idrok etganning so‘zga qanday ehtiyoji qoladi? Idrok eta bilgani uchun ko‘klarning, erning hammasi so‘zdir. Hafif bir sasni eshitganga baqiribchaqirishning nima hojati bor? Dunyo ham Qur’ondagi «Bo‘l» (Uning amri bo‘l demak edi. U hamon bo‘ldi) so‘zidan bino bo‘lgandir», degan fikrni bildirib ketadi. Shunday ekan, so‘zlarni mazmun bilan boyitish ham muhimdir. Chiroyli nutq egasi o‘z nutqi bilan bir necha marotabagina odamlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin. Lekin mazmunsiz chiroyli so‘zlar odamlarni me’dasiga tegadi. Ish, martaba, kechinmalar va kayfiyatning yomonligi, betoblik atrofdagilar bilan qo‘pol muomalada bo‘lish huquqini bermaydi. Hatto buyruqni ham muloyimliq bosiq ohang bilan va shu qatori bir vaqtda ishga doir qat’iyyatlik bilan berish mumkin. Buyruq ohangidan faqat bajarilishi shart va majbur bo‘lgan soxalarda Ya’ni harbiylar foydalanishi mumkin. Muhokama - ma’lum bir masala yuzasidan ko‘pchilikni fikrini tuplashni, ma’lum to‘xtamlariga kelishini anglatadi. Muhokamada baxs predmetining hamma tomonlari nazarga tashlanadi. Xar bir ishtirokchi o‘zining erkin fikrlarini o‘rtaga tashlaydi. Mavzu ishtirokchilarning turli xajmdagi diologlari, monologlari asosida yoritiladi. Muhokamada fikrni og‘zaki bayon etishning xar-hil usullaridan foydalaniladi. Download 55.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling