Koʻz orqali muloqot. Yuz xatti-harakatlarida, boshqalarning e’tiborini
qaratishda yoki hayratni koʻrsatishda yo baxt, yo boʻlmasa boshqa emotsional
xususiyatlar, koʽz harakatlari asosiy qismni egallaydi. Koʽz aloqasi soʽzlovchi va
tinglovchi oʻrtasida ikki tomon ham muloqotga qiziqqanligini koʻrsatish uchun
kerak. Ogʻzaki taqdimot qilish mobaynida auditoriya bilan koʽz orqali muloqot
yaratish muhim. Taqdimotchi oʽzi uchun butun auditoriyaga bir nazar solishda
iloji boricha koʻp odamlarga nigoh tashlab olishini majburiy deb bilishi kerak.
Koʽz nigohi uchun qulayi 3-5 soniya boʻlib, agar nigoh 3-5 soniyadan oshib
ketsa, boshqa shaxs uchun qulaylik keltirib chiqarishi mumkin. Umuman olganda,
koʽzni olib qochish soʽzlovchining yolgʻon gapirayotganligini koʻrsatadi, degan
ishonch bor, ammo ba’zi yolgʻonchilar sizning reaksiyangizni koʽzlarini
yummasdan kutishadi. Oʻziga ishonchi kam shaxslar ham nigohini olib
qochadi. Shunga qaramasdan, biror madaniyat, qoida va urf-odatlar ham
kishilarning yuz va koʽzlarini qanday tutishlariga ta’sir koʻrsatadi.
Tabassum. Yuz ifodasining juda kuchli shaklidir. U muloqot uchun yoʻl
ochadi. Tabiiy, yoqimli tabassum inson munosabatlarining tuzilishi va
mustahkamlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Tabassum ahamiyati quyidagi
matalda chiroyli yoritib berilgan: «Siz tabassum qilmaguningizcha, toʻliq
bezangan, kiyingan boʻlmaysiz».
Do'stlaringiz bilan baham: |