4-mavzu: ogʻzaki muloqot reja: Ogʻzaki muloqot va uning xususiyatlari Verbal va noverbal muloqot


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#207764
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
Bog'liq
4-mavzu f18738a6f75f62ff65b5bd396e526cf2

Odatga  aylangan:  ba’zi  harakatlar  va  (yuz)  ifodalari  oʽzini  muhitga 

moslashtirish  jarayonida oʻrganilgan odatdir. Ular muayyan turdagi doimiy qad-

qomat  tutilishi  yoki  harakatlarni  talab  etuvchi  lavozimidan  kelib  chiqadi.  Aniq 

soʽzlashish uslublari va frazalar ham kasbiy odatlardir. 

Madaniy:  katta  yoshdagilar  oldida  oyogʻini  chalishtirib o‘tirmaslik, katta 

yosh    yoki  lavozimdagilar  koʽziga  tik  boqmaslik  kabi  urf-odatlar  madaniy  oʽziga 

xoslikdir.  Mehmonlarni kutish, tanishuv, muomala tarzi ham ba’zi imo-ishoralarni 

oʽz  ichiga  oladi.  Ongli  harakatlar,  gavdani  tutish,  ovozni  oʽzgartirishdan  atayin 

foydalaniladi.  Bu  narsa  aktyorlarga  maxsus    oʽrgatiladi.  Malakali  soʽzlovchilar, 

ayniqsa,  yaxshi  notiqlar  xatti-harakatlardan  anglab  foydalanishadi.  Hech    kim  

oʽzining  xatti-harakatlarini  toʻliq    nazorat  qila  olmaydi,  ammo  oʽz    tanasini  

anglab    etishni    oshirish  va  qad-qomatini    tutish,  harakatlar  va  ovoz 


modulyatsiyasi  yaxshi  nazorati  erishish  ehtimoli  bor.  Xatti-harakatlarimizda 

kuchaygan  ta’sirchanlikni  rivojlantirsak,  boshqalarning    xatti-harakatlarini   

anglay  olishimiz  oshadi.  

Koʻrinish.    Shaxsning  umumiy  koʻrinishi  bir  qancha  narsalarga  bogʻliq 

boʻladi.  Koʻrinishga  hissa  qoʻshuvchi  muhim  faktorlardan  ikkitasi  tozalik  va 

Shaxsiy  gigienadir.  Teri,  tirnoqlar,  oyoq  va  soch  parvarishi  kutilgan 

standartlardir.    Bu  aspektlarga  beparvolik  bilan  qarovchi  shaxslar  yoqimsiz  

taassurot  qoldiradilar. Koʻrinish birinchi taassurotni keltirib chiqaradi, pokizalik 

va  ozodalikning  yetishmasligi,  parvarishga,  tozalikka  e’tiborsizlik,  beso‘naqay 

kiyimlar salbiy taassurot keltirib chikaradi. Tani sogʻ boʻlmaslik esa koʻrinishda 

osonlik bilan aks etadi. 


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling