4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisodiy ta’limoti
Download 425.79 Kb.
|
4-mavzu. O’rta asrlar iqtisodiy qarashlari. Merkantilizm iqtisod-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- U.Petti-«Siyosiy iqtisodning otasi... buyuk tadqiqotchi - iqtisodchi».
Takrorlash uchun savollar
1. O’rta asr davridagi iqtisodiy fikrlarning o’ziga xos xususiyatlari nima? 2. Ibn Xoldun bo’yicha ish xaqi qanday omillarga bogliq? 3. Kur`oni Karimdagi iqtisodiy fikrlarning o’ziga xosligi nimada? 4. Forobiyning “moddiy extiyojlar” to’ġri sidagi ta`limotining moxiyatini danday tushunasiz? 5. Ibn Sinoning ijtimoiy ishlab chiqarish to’ġri sidagi ġoyasining magzini chaqing. 6. A.Temo’rning xalqaro savdoni rivojlantirishdagi mavqei va o’rni nimadan iborat? 7. Navoiyning boylik yaratish to’ġri sidagi ġoyasining o’ziga xosligi nimadan iborat? F.Akvinskiyning “Odil narx” nazariyasining moxiyati va o’ziga xos xususiyatini tushuntiring? 8. Merkantilizmning kelib chiqishining asosiy sababi nima? 9 Dastlabki merkantilizmning “pul balansi” ġoyasi va uning mazmunini tushuntiring. 10. Keyingi rivojlangan merkantilizm vakillarini ko’rsating? Keyingi rivojlangan merkantilizmning “savdo balansi” ġoyasining mazmunini tushuntiring?
5-MAVZU. klassik iqtisodiy maktabining vujudga kelishi, rivojlanishi va yakunlanishi.Reja:
2. Fiziokratizm. Fiziokratlarning iqtisodiy dasturi. 3. A.Smit asarlarida klassik maktab g’oyalarining yanada rivojlantirilishi. 4. T.Maltus nazariyalari. Merkantilizmning emirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo bo’lishi (Angliyada) XVII asrga to’g’ri keladi. XVI asrning o’rtalarida boshlangan manufaktura davri XVII asrga kelib sanoatning ayrim tarmoq larining rivojlanishiga olib keldi. Ayni paytda, qishloq xo’jaligida ham kapitalizm rivojlana boshladi. Buyuk Britaniya iqtisodieti dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi. XVIII asrga kelib bu taraqqiyot iga yul ochib berdi. İjtimoiy ishlab chiqarish ning rivojlanishiga imkoniyat, erda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat savdoda emas, balki sanoat va tarmoq xo’jaligida g’alaba qozondi. Bu jarayon mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy tadbirkorlar tashabbusiga erkinlik berishga xarakat qilgan kapitalistik t o’zumning afzalliklarini nazariy jihatdan asoslab beradigan iqtisodiy ta`limotlar endi taqozo etila boshladi. Demak, bu davrga kelib iqtisodiy ta`limotlarni rivojlantirish uchun, ya`ni iqtisodiyotni ob`ektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda yashab ijod qilgan U.Petti, A.Smit, D.Rikardo, F.Kene va klassik siyosiy iqtisod maktabining boshqa vakillari iqtisodiyotni ilmiy nuqtai nazardan tadqiqot qildilar. Haqiqatan ham, mazkur davr yangi klassik siyosiy iqtisod maktabining boshlanganini bildiradi. Uning klassik deb atalishining asosiy sababi, eng avvalo, uning ko’plab nazariy va metodologik qoidalari chinakam ilmiy bo’lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etishidir. Aynan klassik siyosiy iqtisod vakillari tufayli iqtisodiy ham nazariya ilmiy fan maqomiga ega bo’ldi . Angliyada klassik siyosiy iqtisod maktabining dastlabki vakili U.Petti bo’lsa, Franciyada - P.Buagilьber, F.Kene, A.Tyurgo xisoblanadi. Keyinchalik, bu maktab ta`limoti A.Smit, D.Rikardo J.B. Sey, T.Malьtus tomonidan rivojlantirildi va J.S. Mill, K.Marks tomonidan yakunlandi. U.Pettining iqtisodiy ta`limoti Uilьyam Petti (1623-1687) - Angliya klassik siyosiy iqtisodining asoschisidir. K.Marks so’zi bilan aytganda, U.Petti-«Siyosiy iqtisodning otasi... buyuk tadqiqotchi - iqtisodchi». U.Petti har tomonlama yuksak bilimli odam bo’lgan. U Angliyaning janubidagi Romsi shahrida xunarmand- matochi oilasida tug’ildi 1650 yili 27 yoshida U.Petti fizika buyicha doktorlik darajasini oldi, Angliya kollejlarining birida professor bo’lib ishladi. U.Petti iqtisodiy muammolarga bag’ishlangan «Soliklar va yig’imlar to’g’risida traktat» (1662 y), «Donishmandlarga so’z» (1665 y), «İrlandiyaning siyosiy anatomiyasi» (1672 y), «Siyosiy arifmetika» (1683 y) va boshqa asarlarni yozdi. U.Petti dastlab o’z asarlarida merkantilistlarning ijobiy savdo balansi g’oyasini va sanoatni qrag’batlantirish masadida davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini ko’llab-ko’vvatladi. Ammo U.Petti asta-sekin tadqiqot ob`ektini o’zgartirdi va asosiy e`tiborni savdo muammosidan ishlab chiqarish muammosiga qaratdi. Uning qayd qilishicha, boylik ishlab chiqarishda yaratiladi, muomala sohasida esa u faqat taqsimlanadi.
Download 425.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling