4-Mavzu: O’simliklarning yashash sharoitlarga moslanishlari. O’simliklarning ekologik guruhlari. Mavsumiy o’zgarishlar. O’simliklar hayotining davomiyligi. Gulli o’simliklar ontogenezi. O’simliklar geografiyasi


Lyossli cho‘l yoki efemer cho‘l o‘simliklari


Download 221.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana11.05.2023
Hajmi221.22 Kb.
#1450677
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-4 maruza (2)

Lyossli cho‘l yoki efemer cho‘l o‘simliklari. Efemer cho‘llar O‘rta Osiyoning qalin 
soz tuproq (lyoss) qatlamlari mavjud bo‘lgan sharqi va janubidagi tog‘ etaklaridagi 
tekisliklarda tarqalgan. Ular Mirzacho‘lda, Zarafshon vodiysida, Badxiz cho‘lida, 
Kopetdog‘ oldida, Murg‘ob — Amudaryo oralig‘ida, Тoshkent yaqinidagi Keles 
tekisligida, shuningdek, Qashqadaryo hamda Surxondaryoning tog‘oldi hududlaridagi 
qalin lyossli yerlarda uchraydi. 
O‘rta Osiyoning efemer cho‘llarida rang va qo‘ng‘irbosh boshqa o‘simliklarga 
qaraganda ko‘p uchraydi. Bu yerda boychechaklar, ayiqtovon, arpag‘on, mortuq, chitir, 
lolalar va boshqa ba’zi o‘simliklar o‘sadi. 
Тo‘qay o‘simliklari. O‘rta Osiyoning tekislik qismidagi daryo vodiylarida, ko‘llar 
bo‘yida to‘qay o‘simliklari ko‘p o‘sadi. Bu yerlarda namlik, issiqlik, yorug‘lik va oziqa 
moddalarning yetarli bo‘lishi o‘ziga xos tabiiy kompleks — to‘qaylarni vujudga 
keltirgan. 
Тo‘qaylarda o‘simliklarning 3 turi: daraxt, buta va o‘t o‘simliklari o‘sadi. Daraxtlardan, 
asosan, turang‘il, tol va jiyda eng ko‘p tarqalgan. Butalar yulg‘un va oqtikandan iborat. 
Qayirlarning pastki qismidagi sernam yerlarda, asosan, qamish yoki qo‘g‘a, balandroq 
va quruqroq yerlarda yirik g‘allagulli o‘simliklar — savacho‘p, oqbosh, yantoq, 
qizilmiya va boshqa o‘t o‘simliklari o‘sadi.

Download 221.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling