4-mavzu. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Reja
Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. Davlat ramzlari. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati
Download 111.5 Kb.
|
4-Мавзу
3.Mustaqillik – me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. Davlat ramzlari. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
Bular jamiyatni yalpi yangilash ijtimoiy hayotni tubdan isloh qilish butunlay yangi tafakkurdagi mustaqillik davri fuqarosini shakllantirish kabi uzoq muddatli, izchil davom etadigan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy hodisadir. O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, o‘zining xalqaro talablar va me’yorlar doirasida qiyofasini ko‘rsatmog‘i. Buning uchun esa o‘zining butun imkoniyatlarini, o‘ziga xos jixatlarini ifodalovchi davlat ramzlariga ega bo‘lmog‘i lozim edi. O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. Chunki qisqa fursatda o‘z mustaqillgini qonun bilan mustahkamlab, uning jahon hamjamiyatida tan olinishiga ershish tarixiy – olamshumul voqea edi. O‘zbekiston o‘zining xar bir kuniga va olis istiqboliga qatoiy ishonch bilan qaradi, shuning uchun ham u, eng avvalo, davlat ramzlarini qabul qilib, dunyoga ko‘z-ko‘z etib, uni tan oldirish yo‘lida bordi. O‘zbekiston respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo‘ltib o‘tgan VIII cessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida» qonun qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i mamlakatimiz xududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar yutug‘lariga xos bo‘lgan eng yaxshi anoanalarni, g‘oyalarni davom etirgan, ulug‘ ajdodlarimizning aqida va maslaklariga mos bo‘lgan qarashlarini davom ettirgan xolda millat tabiati va xalqimiz ruxiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma’naviy jixatlarini ham o‘zida aks ettirmog‘i kerak edi. Bayroqdagi moviy rang - hayotimiz mazmuni aks etgan mangu osmon va obi hayot ramzidir. Timsollar tilida bu yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuxrat va sadoqatni bildiradi. Bayroqdagi oq rang - tinchlik va poklik timsolida. Yosh mustaqil davlat yo‘lining musaffo, beg‘ubor va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ifodasi. Qizil yo‘llar – bu xar bir tirik jonning qon tomiri, unda jo‘sh urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzi. Yashil rang – O‘zbekistonning sahovatli va tabarruk tuprog‘i, go‘zal tabiati timsoli, odamlarning atrof-muhitni muhofaza qilishga undaydi. Yarim oy – o‘zbek xalqining ko‘p asrlik an’analariga mos keladi. Yarim oy va yulduzlar musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir. o‘n ikkita yulduz tasviri – qadimdan mukammallik timsoli. Xullas. mamlakatimiz davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugung kuni va kelajagining yorqin ramzi bo‘lib qoldi. 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining X sessiyasi «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi. Gerb markazidagi Xumo qushi – baxt saodat va erksevarlik ramzi. Gerbning yuqori qismidagi sakkiz qirrali yulduz respublikamizning sobit va barqarorligi timsoli sifatida tasvirlangan. Quyosh – davlatimizning yo‘li xamisha nurafshon bo‘lishi bildirilgan yaxshi niyat, ayni paytda u O‘zbekistonning noyob iqlimiga ega mamlakat, serquyosh o‘lka ekanligini bildiradi. Boshqalar - rizq-ro‘zimiz timsoli, to‘kin-sokinlik ifodasi. Oppoq paxta – O‘zbekiston dong‘ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz ramzi. Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog‘iga lenta bo‘lib o‘ralganligi O‘zbekistonda yashayotgan xalqlar do‘stligi va yakdilligi ifodasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madxiyasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutall Burxonov tomonidan tayyorlangan madxiya varianti tasdiqlandi. O‘zbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi farmoniga muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston respublikasining milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritildi. Har bir suveren davlatning huquqiy asoslaridan biri – uning asosiy Qonuni – Konstitutsiyasi hisoblanadi. Tarixiy rivojlanish ko‘rsatganidek, har qaysi jamiyat kelajakni ko‘zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkamroq qurishga harakat qiladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillik yillarida davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk yutuq – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘ldi. Darhaqiqat, Konstitutsiya tushunchasida davlatni boshqarish, mamlakat yaxlitligini ta’minlash, uning mustaqil davlat sifatida e’tirof etilishining asosi ijtimoiy hayotning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish yo‘l-yo‘riqlari to‘la mujassamlangan. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990- yil 20-iyunda «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi bilan bevosita bog‘liq. Mazkur Deklaratsiya qabul qilingan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida bu hujjatdagi muhim tamoyillar asosida davlatning yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim, degan xulosaga kelindi. Konstitutsiya loyihasi ustida bevosita ishlashni faollashtirishga vaziyat yetilgach, Konstitutsiyaviy komissiya 1991-yil 12-aprelda I.A.Karimov raisligida o‘zining birinchi majlisiga to‘plandi. Konstitutsiya loyihasini yaratish bilan bog‘liq barcha tashkiliy va ijodiy jarayonni muvofiqlashtirib borish uchun Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tashkil etildi. Uning tarkibiga qonun chiqaruvchi idora, bir necha qo‘mitalarning raislari, vazirliklar, sud, prokuratura idoralarining rahbarlari, Respublika Prezidenti devoni va Oliy Kengashning mas’ul xodimlari kirdi. Shuningdek, Konstitutsiya loyihasi mo‘ljallanayotgan bo‘limlarini tayyorlash uchun 6 ta kichik guruhlar tashkil etildi. Kichik guruhlar tarkibiga 50 nafar ilmiy xodim va mutaxassis jalb qilindi. AQSh, Fransiya, Kanada, Germaniya, Shvesiya, Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gresiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva davlatlarining konstitutsiyalari chuqur o‘rganildi, qiyosiy tahlil etildi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston respublikalarining Asosiy qonunlari hamda konstitutsiya loyihalari diqqat bilan ko‘rib chiqildi. Loyihaning dastlabki varianti 1991-yil oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo‘lindi. U muqaddima, olti bo‘limga bo‘lingan 158 moddadan iborat edi. Ushbu loyiha yuzaga kelayotgan paytda mamlakatimiz tarixida tub burilish yuz berdi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy Qonunni va O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonotini qabul qildi. 1992-yil bahorida loyihaning 149-moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi puxta ishlovlardan so‘ng Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan 1992-yil 26-sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi uch oy davom etdi. Shu davrda O‘zbekiston Respublikasi davlat-huquqiy tajribasida muhim bir yangilik bo‘ldi. Uning mazmuni shundaki, Konstitutsiya komissiyasi dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat mobaynida (1992-yil 26-sentabrdan boshlab) loyiha mehnatkashlar takliflari asosida qayta tuzatilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom ettirish uchun yana ikkinchi marotaba matbuotda e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davomida jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi. Faqat milliy istiqlol, davlat mustaqilligiga erishish tufayli O‘zbekiston Respublikasining tamomila yangi, inson manfaatlarini, haq-huquqini himoya qiluvchi chinakam demokratik Konstitutsiyasini yaratishdek ulkan tarixiy imkoniyat vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining 1992-yil 8-dekabrdagi o‘n birinchi sessiyasi tomonidan O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea edi. Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 128 moddadan iborat. Nazorat savollari: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida nimalarni bilasiz? “O‘zbek modeli” deganda nimani tushunasi. Davlat ramzlariga tarif bering. O‘zbekistonning o‘ziga xos yo‘li deganda nimani tushunasiz? Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling