4-mavzu. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Reja


birinchidan, iqtisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman qishloq hayotiga yetakchi tarmoq sifatida qarash; ikkinchidan


Download 111.5 Kb.
bet7/11
Sana05.01.2022
Hajmi111.5 Kb.
#221610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-Мавзу

birinchidan, iqtisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman qishloq hayotiga yetakchi tarmoq sifatida qarash;

ikkinchidan, milliy valyutani joriy qilish, uning qadrini muttasil oshirib borish;

uchinchidan, mulkchilikning barcha shakllariga erk berish, shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikka yo‘l ochish, tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash;

to‘rtinchidan, iqtisodni jonlashtirish uchun korxonalarni xususiylashtirish, bu jarayonni tobora chuqurlashtirish;

beshinchidan, o‘tish madaniyati va qadriyatlarini tiklash ishlarini yo‘lga qo‘yish va bu borada izchil tadbirlarni amalga oshirish Mustaqil O‘zbekistonda davlat Mustaqilligini amalga oshirishning jamiyat rivojining hozirgi bosqichidagi ustuvor yo‘nalishlaridir.

“O‘zbek modeli” asosida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mustaqillikning o‘tgan 23 yili ichida iqtisodiyotda tub demokratik va bozor islohotlarining amalga oshirildi, xususiy mulkka keng yo‘l ochib berildi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi sohasida hal qiluvchi kuchga aylanib borayotgan fermerlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar yaratildi, xususiy mulk va mulkdorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘plab qonun hujjatlari qabul qilindi. Shu borada jamiyatni erkinlashtirish, biznes yuritish uchun huquqiy va qonunchilik bazasi hamda zarur sharoitlarning muntazam ravishda takomillashtirib borilgani iqtisodiyotni izchil va barqaror rivojlantirishda, aholining hayot darajasi va sifatini yuksaltirishda katta o‘rin tutdi. Mamlakatda kichik biznes va tadbirkorlikning taraqqiyoti, xususiy mulkning jadal rivoji uchun g‘oyat qulay va ustuvor sharoitlarni yaratib berish natijasida iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari tezlashdi, aholining ish bilan band bo‘lishi va daromad topishi bilan bir qatorda, mamlakatimiz uchun uchun yangi bo‘lgan, demokratik islohotlarning asosiy tayanchi va harakatlantiruvchi kuchi – o‘rta sinf shakllantirildi.

Darhaqiqat, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda jamiyatni rivojlantirish va uni ijtimoiy taraqqiy ettirishning o‘tgan davriga nazar tashlar ekanmiz, bu davr mobaynida erishilgan har bir natija va yutuq haqli ravishda «buguni va kelajagini o‘z qo‘li bilan bunyod etayotgan millionlab vatandoshlarimizning irodasi, aql-zakovati va fidokorona mehnati» bilan bog‘lash mumkin. Jumladan, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, hududiy daxlsizlik va milliy xavfsizlik, tarixiy, milliy va axloqiy qadriyatlar hamda an’analarning tiklanishi, iqtisodiy taraqqiyot, shaharsozlik sohasidagi olamshumul o‘zgarishlar, siyosiy hayotning erkinlashuvi, mamlakatimizning jahon hamjamiyati bilan integratsiyasidagi amaliy qadamlar islohotlardagi izchillik samarasi deyish mumkin.

Mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining izchilligi ta’minlanmoqda. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari orasida 2001-yildayoq islohotlar boshlangan 1990-yilga nisbatan yalpi ichki mahsulot hajmini oshirishga erishgan yagona mamlakatdir».

Ma’lumki, har qanday jamiyat hayotida ro‘y beradigan tub o‘zgarishlar eng avvalo uning iqtisodiy jabhalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki iqtisodiy munosabatlar jamiyatdagi siyosiy, ma’naviy, ijtimoiy jarayonlar va voqeliklarning uzviyligini, aloqadorligini ta’minlaydi. Tom ma’nodagi iqtisodiy taraqqiyotga erishish pirovardda jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy barqarorlikning shakllanishiga

olib keladi. Shu ma’noda ham O‘zbekistonda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moddiy farovonlikka erishish masalalari har doim ustuvor jabha sifatida qaralib kelinmoqda.

Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichi davrida iqtisodiy barqarorlikka erishish, mamlakat iste’mol bozorlarini to‘ldirish, milliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish masalalariga katta e’tibor qaratilib kelingan bo‘lsa, 1995–2000-yillarga kelib import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarini keng jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo qilish bilan bog‘liq tadbirlar asosiy o‘rinni egalladi.

2000–2006-yillarda esa iqtisodiyotdagi umumiy holatning keskin o‘zgarganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Chunonchi, endi asosiy e’tibor milliy eksport salohiyatini oshirish, mahalliy resurslarga tayangan holda ishlab chiqarish pirovardini tashqi va ichki bozorlarga yo‘naltirish kabilarga qaratilmoqda. Bu borada, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes tuzilmalari iqtisodiyotning eng harakatchan, faol, shu bilan birga istiqbolli qatlamlari sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston taraqqiyotining asosi bo‘lmish xususiy va milliy investitsiya oqimlarining vujudga kelishi kichik va o‘rta biznes tuzilmalarining bundan keyingi faoliyatiga bevosita bog‘liq sanaladi.

2002-yili bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasida Prezident I.A.Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni amalga oshirishning yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. «O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» deb atalgan ushbu ma’ruzasi, aytish mumkinki, katta konseptual ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda islohotlarga doir yettita masala – ustuvor yo‘nalish belgilab berildi. Chunonchi:




Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling