4-mavzu. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Reja
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi
Download 111.5 Kb.
|
4-Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- «jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy, huquqiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olishga kirishdi»
O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlashi. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng kun tartibida jahon andozalariga mos keladigan davlat qurish, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohada tub islohotlarni amalga oshirish, ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turar edi. Chunki sobiq sotsialistik tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar endilikda respublikada barpo qilinajak yangi jamiyat manfaatlariga mos kelmas edi. Mulkchilik, mulkka egalik qilish va uni boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini normal izga solish ana shunday jiddiy yangilanishlarni taqozo etar edi. Shuning uchun ham O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunidanoq, «jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy, huquqiy taraqqiyot yo‘lini tanlab olishga kirishdi». 1990-yil mart oyidayoq sobiq ittifoq respublikalari ichida birinchilardan bo‘lib, O‘zbekistonda Prezidentlik boshqaruvining tashkil etilishi, g‘oyaviy qarashlari, siyosati yangilanayotgan jamiyatga mos bo‘lmayotgan O‘zbekiston Kompartiyasini Xalq demokratik partiyasiga aylantirilishi, hokimiyatning asta-sekin va izchillik bilan partiya idoralaridan Prezident, hukumat, mahalliy idoralar qo‘liga o‘tishi, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilib, milliy qadriyatlarning tiklana boshlagani O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li shakllanayotganini ko‘rsatar edi. Islom Abdug‘anievich Karimov umumxalq ovoz berish yo‘li bilan mamlakat Prezidenti etib saylanganidanoq o‘zining butun amaliy faoliyatida xalq va vatan manfaatini nazarda tutib faoliyat ko‘rsatdi. U Oliy Kengashning 1992-yil 4-yanvarda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari IX sessiyasida nutq so‘zladi. Oliy Kengashning mazkur sessiyasida Dastur ahamiyatiga molik bo‘lgan davlat siyosatining strategiyasini aniq-ravshan ko‘rsatib berdi. Millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirish, fuqarolarga erkinlik berish, jamiyatda ma’naviy yangilanish uchun barcha sharoitlar yaratish lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga katta e’tibor berish kerakligini, huquqiy davlatda qonun ustuvor bo‘lishini alohida ta’kidladi. Tabiiyki, ushbu qoidalar O‘zbekiston istiqloli va taraqqiyotining asosiy yo‘llarini belgilab berish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Masalaga ana shunday yondashish – mustaqillikning ilk kunlaridanoq aniq tartib-intizomga rioya qilish, qonun ustuvorligiga intilish mamlakatda eng murakkab paytlarda barqarorlikni ta’minlashda muhim omil bo‘ldi. Davlat O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqar ekan, o‘tmishdan, sobiq sovet tuzumidan meros bo‘lib qolgan tajribadan saboq chiqardi. Ayni chog‘da 90-yillar boshlarida, ya’ni mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga oshirilgan ijtimoi-yiqtisodiy islohotlarni chuqur tahlil qildi. Shu asosda soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion yo‘l bilan dinamik taraqqiyot yo‘liga o‘tish – tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmun va mohiyatidir, – degan xulosaga keldi. Ma’lumki, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida jamiyatning bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tish jarayoni bir necha muhim ijtimoiy muammolar bilan uzviy bog‘liq. Bular: – davlatning islohotlarni o‘tkazishdagi rahnamolik roli; –jamiyatning moddiy, ma’naviy va ijtimoiy imkoniyatlarini safarbar etish; – o‘rta hol sinfni shakllantirish; – xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalaridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu omillarning bosqichma-bosqichligi, ularning ahamiyati, shuningdek, ulardan alohida, har birining va barchasi bir butun bo‘lgan holatda beradigan samaradorligi har xil sabablarga bog‘liq. Lekin, o‘tish davrining eng muhim omili, bu kuchli davlatni barpo etishdir. Bunday davlatsiz mavjud ijtimoiy imkoniyatlarni safarbar etish ham, o‘rta hol sinfni shakllantirish ham, xalqaro munosabatlarda muvaffaqiyatlarga erishish ham mumkin emas. O‘zbekistonda bunyod etiladigan jamiyat barcha «izm»lardan va u qanday nomlanishidan qat’i nazar adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo‘lmog‘i lozim edi. Shuning uchun ham, respublika ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari pirovard natijada chinakam mustaqil O‘zbekistonda yangi, adolatli jamiyat barpo etishga qaratildi. «Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyatni bunyod etish – bosh vazifadir, – deb uqtiradi Birinchi Prezident. Bu boradagi fikrini davom ettirib u «O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Bu – mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu – insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbayidir», – degan qoidani ilgari surdi. Bu Mustaqillikning bir yilligi arafasidayoq qat’iy qilib o‘rtaga tashlangan davlat siyosati edi. Shuningdek, yangilangan jamiyat har bir a’zosining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yo‘llarni ham ko‘rsatib berdi. Jumladan,
Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling