4-mavzu. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Reja


Download 111.5 Kb.
bet5/11
Sana05.01.2022
Hajmi111.5 Kb.
#221610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-Мавзу

ijtimoiy va ma’naviy sohada bu:

– insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolishini;

– ma’naviyatni qayta tiklashni;

– o‘zbek tilini rivojlantirishni;

hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirishni;

– ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari – keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi-yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini ta’minlashni;

– odamlarning iste’dod qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish.

Shuning uchun ham I.A.Karimov «O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» asarida (1993-yil.) «O‘zbekiston o‘zi uchun tanlab olgan yo‘l ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan, respublikaning manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko‘p darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir.



Ayni mana shunday yo‘l O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs sifatida ma’naviy axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin», – deb qat’iy ko‘rsatib bergan edi.

I.A.Karimov mamlakatning dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini chuqur tahlil qilib, O‘zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‘zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o‘rtaga tashladi:



Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak.

Ikkinchidan, o‘tish davrida davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi shart.

Uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim.

To‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda

kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish.

Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.

Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, yaqin o‘tmishimizdagi «inqilobiy sakrash»larsiz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.


Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling