Birinchi ustuvor yo‘nalish – mustaqillikni asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash. Uni har bir fuqaro qadr-u qimmati,shaxsiyati, oriyati darajasida anglash.
Ikkinchi ustuvor yo‘nalish – mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, davlatimizni hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash.
Uchinchi ustuvor yo‘nalish – bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo‘lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |