4-Mavzu: Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan ilmiy pedagogik tadqiqotlar metadologiyasi va metodlari


Download 66.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana01.11.2023
Hajmi66.75 Kb.
#1737538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Mavzu

9. Ijtimoiy pedagogika – shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoniga salbiy ta’sir 
etuvchi omillarni, ularni bartaraf etish yo’llarini, ijtimoiy yordamga muhtoj 
shaxslar toifalariga ko’rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam mohiyatini, turlari. 
shakl, metod va vositalarini o’rganadi. 
10. Kasbiy pedagogika – ta’lim oluvchilarga muayyan kasb yoki hunar 
yo’nalishida maxsus bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma hamda 
malakalarni shakllantirish, kasbiy faoliyatni malakali tashkil etish, kasbiy 
mahoratni takomillashtirish masalalarini o’rganadi.
11.Ta’lim menejmenti – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, 
boshqarish, nazorat qilish, istiqbolni belgilash masalalarini o’rganadi. 
12. Qiyosiy pedagogika – turli xalqlarning shaxsni tarbiyalashga oid 
pedagogik qarashlari, ta’lim-tarbiya tizimi, pedagogik ta’limotlarning mohiyati, 
shuningdek, jahon ta’limiga xos bo’lgan samarali shakl, metod, vosita va 
innovatsion yondashuvlarni qiyosiy-genetik jihatdan o’rganadi. 
13. Konfliktologiya – ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik 
muammolar, ta’lim ouvchi va ta’lim beruvchi o’rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar 
mohiyati, ularni samarali bartaraf etish yo’llarini o’rganadi.   
Pedagogik tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik 
muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g’oyasi, 
mazmuni, natijalari hisobiga ta’minlanadi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini 
anglash ularni keng yoki tor doirada o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida 
sodir bo’lish sabablarini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy 
izlanishlarni tashkil etishni taqozo etadi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlar 
shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni 
berishga berish tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik 
jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish 
usullaridir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, izchillik, 
uzluksizlik, tizimlilik va aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega jarayon. 
Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda 
quyidagi metodlardan foydalanilmoqda: 


Quyida mazkur metodlarning mohiyati to’g’risida qisqacha so’z yuritiladi. 

Download 66.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling