quyidagi savollardan iborat bo’ladi: 1) ochiq turdagi savollar (batafsil javob berish
imkonini beradigan savollar); 2) yopiq turdagi savollar (“ha” yoki “yo’q”, “ijobiy”
yoki “salbiy” tarzdagi javoblarga asoslanadigan savollar); 3) to’g’ri javob
variantlari qayd etilgan savollar (to’g’ri deb topilgan javob varianti belgilanadi).
Bolalar ijodini o’rganish metodi o’quvchilarning muayyan yo’nalishlardagi
layoqati,
qobiliyati, ma’lum fan sohalari bo’yichaBKM darajasini aniqlash
maqsadida qo’llaniladi. Uni qo’llashda o’quvchilarning ijodiy ishlari –
kundalik,
insho, yozma ish, referat va hisobotlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Metod
ma’lum o’quvchiga xos bo’lgan individual imkoniyatni ko’ra olish, baholash va
uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Pedagogik kuzatish. Uni qo’llash jarayonida ta’lim muassasalarining o’quv-
tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq
etilayotgan muammo holat
aniqlanadi, tajriba- avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi
farq to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va
o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz,
izchil va
tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo’lga kiritish mumkin. Olib
borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbya
sifatini oshirish, o’quvchi shaxsini
shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: