4-Mavzu: Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan ilmiy pedagogik tadqiqotlar metadologiyasi va metodlari


Download 66.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana01.11.2023
Hajmi66.75 Kb.
#1737538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Mavzu

Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo’lib hayot kechirishi 
sababli bolalarga tirikchilik o’tkazish yo’lidagi faoliyat (o’simlik mevalari, 
ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni 
o’rgatish guruh a’zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat 
hollarda, mehnat va o’yin jarayonlarida o’zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil 
etish jinsiy xarakterga ega bo’lganligi bois o’g’il va qiz bolalarni tarbiyalashda 
o’ziga xos jihatlar ko’zga tashlangan. 
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo’lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida 
ham tub o’zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo’lishi olib keldi. 
Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida 
yo’lga qo’yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari
mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning 
asarlarida muhim o’rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar 
mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki jamiyatni 
tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda 
tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang’ich asoslar qo’yildi. 
Quldorlik tuzumida erkin bo’lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari 
cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun 
xizmat qilgan. 
Feodal tuzumda pedagogik g’oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. 
Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g’oyalar yetakchi o’rin 
egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G’arbda cherkov, 
SHarqda esa machitlar)ning roli osha borib, bolalarni o’qitish va tarbiyalash ishlari 
asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g’oyalarni ilgari surish, 
ilmiy nazariyalarni yaratish va targ’ib etishning din peshvolari tomonidan 
qoralanishi kabi holatlar ham ko’zga tashlangan bo’lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy 
aloqalar ko’lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga harshi keskin chora ko’rish 
ehtiyoji ilmiy bilimlarning rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. 
Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab 
chiqarishni yanada takomillashtirish yo’lidagi amaliy harakatlar bu boradagi 


muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga 
hal etilishi tasdiqladi. Bu davrda ilg’or, progressiv pedagogik g’oyalar ilgari 
surildi. 
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy 
jihatdan asoslandi. SHaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalashga oid qarashlar yanada 
boyitildi; ta’lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o’qitishni 
yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g’oyalar ilgari 
surildi. 

Download 66.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling