4-mavzu: Rejalashtirishning mohiyati. Rejalashtirish va uning mazmuni, maqsadi, vazifalari
Download 283 Kb.
|
4-Mavzu (Rejalashtirish)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Maqsadi va harakteri bo’yicha: strategik reja; operativ (joriy) reja. 3. Miqyosi (ko’lami) bo’yicha
- 2. Strategik rejalashtirish va uni ishlab chiqish. Strategik reja
- Operativ reja
Rejalarning turlari ko’p bo’lib, biz ularni quyidagicha tasniflashni lozim topdik:
1. Amal qilish muddati bo’yicha: 1 yilgacha muddataa tuziladigan qisqa muddatli reja (u joriy reja hisoblanadi); 1 yildan 5 yilgacha muddatga tuziladigan o’rta muddatli reja. 5 yil va undan ortiq muddatda tuziladigan uzoq muddatli reja (u ham istiqbolli reja hisoblanadi). 2. Maqsadi va harakteri bo’yicha: strategik reja; operativ (joriy) reja. 3. Miqyosi (ko’lami) bo’yicha: umumiy reja; xususiy rejalar; alohida rejalar. 2. Strategik rejalashtirish va uni ishlab chiqish. Strategik reja tadbirkorlik sub’ektlarining maqsadi va imkoniyatlarini o’zaro strategik muvofiqligini ta’minlash va ushlab turishga mo’ljallangan rejadir. U korxona doirasida tuziladigan barcha turdagi rejalar uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Strategik rejalashtirish quyidagi to’rt bochqichda amalga oshiriladi va shunga mos ravishda to’rt qismdan iborat bo’ladi: korxonaning asosiy strategik maqsadini aniqlash. shakllantirish, asoslash, ifodalash: har bir boshqarish bo’g’ini va boshqaruvchining vazifalarini aniqlash va belgilash; faoliyat turlarining foydalilik darajasini baholash va shunga muvofiq resurslarni taqsimlash: faoliyatning o’sish (rivojlanish) strategiyasini aniqlash. Operativ reja - har bir ish joyi va uchastkada hamda har bir ishchi tomoni dan ish kuni, haftasi, oyida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar, ishlar rejasidir. Umumiy reja tadbirkor faoliyatining barcha jabhalarini qamrab olib, uning umumiy rivojlanishini aks ettiradigan reja hisoblanadi. Xususiy rejalar faoliyat yo’nalishlari va turlari bo’yicha alohida rejalar esa alohida funktsiyalar, vazifalar, masalalar bo’yicha tuziladigan rejalardir. Keyingi paytlarda tadbirkorlik faoliyatini, biznesni rejalashtirishda yangicha yondashuv keng o’rin egallab bormoqda. Bu yangi yondashuv uzluksiz rejalashtirish bo’lib, quyidagi tarzda amalga oshiriladi. Amal qilayotgan uch yillik yoki besh yillik istiqbolli rejaning muddati tugagandan so’ng yana shuncha muddatga yangi reja tuzish emas, balki har yili istiqbolli rejaning birinchi yili chiqarilib, oxiriga yangi bir yil qo’shib boriladi. Hisobot yili oxirida yangi yilga joriy reja tuzish uchun istiqbolli rejaning birinchi yili ko’rsatkichlari batafsillashtirilib, joriy rejaga aylantiriladi, istiqbolli rejaning qolgan yillariga keyingi yana bir yil qo’shiladi va unga tegishli ko’rsatkichlar belgilanadi, istiqbolli reja davom ettiriladi va to’liq holatga keltiriladi. Bunday rejalashtirishning afzalligi shundan iboratki, u vaqti-vaqti bilan uzilib turadigan tsiklli ja-rayon emas, balki uzluksiz, izchil, yagona jarayon tusini oladi. Bu esa tadbirkorlik faoliyatining uzluksizligi, samaradorligi va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Rejalashtirish istiqbolli strategik reja tuzishdan boshlanadi. Istiqbolli rejada tadbirkorlik faoliyatining shu davrga belgilangan maqsadlari, ularga erishishga mo’ljallangan foydani olishga ta’sir etuvchi omillar va kerakli strategiyalar, harajatlar va kutilgan daromad umumiy ko’rinishda aks ettiriladi. Joriy reja istiqbolli rejaning birinchi yili uchun belgilangan ko’rsatkichlar batafsil, aniq, mufassal holatga keltirilgan variantidir. Bu rejada joriy yilga belgilangan maqsadlar va ularga erishish imkoniyatlari, mavjud muammolar va uchrashi mumkin bo’lgan xavf - xatarlar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari, mo’ljallangan natijalarga erishish uchun bajarilishi zarur bo’lgan ishlar va harakatlar, ularni amalga oshirish bosqichlari, muddatlari, xavf-xatarlari, mashul ijrochilari aniqlangan va belgilangan harakatlar dasturi, uning bajarilishini nazorat qilish tartibi va boshqa muhim masalalar o’z aksini topadi. Bu reja faoliyatning barcha sohalari, turlari, jarayonlari, bosqichlari, ishlari, harakatlarini o’zaro muvofiqlashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib, rejalashtirish shakllangan vaziyatni aniqroq, har tomonlama ko’rish, tizimli tasavvur qilish, tadbirkor kuch-g’ayratini yaxshiroq muvofiqlashtirish, vazifalarni aniqroq qo’yish, natijalarni qiyosiy baholash, mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasini aniqlashga yordam beradi. Bu esa mahsulot sotishni va foydani oshirishga olib keladi. Download 283 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling