4-mavzu: Rejalashtirishning mohiyati. Rejalashtirish va uning mazmuni, maqsadi, vazifalari


Biznes reja va uni tuzish zaruriyati


Download 283 Kb.
bet6/14
Sana10.11.2023
Hajmi283 Kb.
#1764192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4-Mavzu (Rejalashtirish)

3. Biznes reja va uni tuzish zaruriyati.

Rejalashtirish butun faoliyatni tartibga solish jarayoni bo’lib, tadbirkorlik sub’ektlari-ning kelajakdagi harakatlarini aniqlash, asoslash, belgilash, izohlash, nazorat etishga xizmat qiladi. U tadbirkorlik sub’ekti tomonidan belgilangan davr mobaynida bajarilishi zarur bo’lgan vazifalar aniqlashtirilgan rejalarda o’z aksini topadi.


Demak, bunday jarayon natijalari aks ettiriladigan hujjat reja yoki biznes-reja bo’lib hisoblanadi. Reja-bu mo’ljallangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan o’zaro muvofiqlashtirilgan harakatlar, ishlar, vazifalar va ularni bajarish tartibi, izchilligi, muddatlari, sarf-harajatlari batafsil aniqlangan va aks ettirilgan hujjatdir.

Tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish biznes-reja ishlab chiqish jarayonidan iborat bo’ladi. Biznes- reja faoliyatning barcha turdagi rejalarini - strategik va operativ rejalar, umumiy, xususiy va alohida rejalar, qisqa, o’rta va uzoq muddatli rejalarni o’z ichiga oladigan rejalar majmuyidir.


Bizne-reja tadbirkorlik sub’ektining o’sib borish istiqbollarini ta’minlash, bozordagi mavqeyini ko’tarish, yangi mahsulotni o’zlashtirish va ishlab chiqarish, yuksak natijalarga erishish yo’llarini aniqlash va tanlashga xizmat qiladi. U tadbirkorga quyidagi masalalarda yordam beradi:

  • tadbirkorlik faoliyatining aniq yo’nalishi va turlari, maqsadli bozori va u yerda o’rnini aniqlash;

  • qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini belgilash hamda ularni ro’yobga chiqarish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish;

  • mo’ljallangan maqsad va vazifalarni amalga oshiradigan xodimlar, ularning salohiyati va taqdirlash tartibini aniqlash;

  • ishlab chiqariladigan tovar (yaratiladigan xizmat) turlarini tanlash hamda taklif tarkibini belgilash;

  • ishlab chiqarish va sotish harajatlarini aniqlash;

  • talab va bozorni o’rganish, reklama va taqdimotlar o’tkazish, mahsulot sotishni tashkil qilish chora-tadbirlarini belgilash;

  • maqsadga erishish uchun kerakli moddiy-moliyaviy resurslarni baholash;

  • uchrashi mumkin bo’lgan xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va ularga tayyor bo’lish;

  • o’z ishining borishini nazorat qilib borish.

Tadbirkor biznes-rejadan ko’proq bozordagi vaziyatni baholash va unga mos strategiyani aniqlash, investorlarni topish va jalb etish uchun foydalanadi. SHuning uchun sifatli tuzilgan biznes-reja tadbir­korlik faoliyatining samaradorligini ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Biznes-rejaning muayyan vaqt mobaynida amal qilishi va bajarilishi investorlar va boshqa hamkorlar uchun juda muhimdir. Bizne-reja tadbirkorning biznes maqsadlarini belgilash va shu yo’nalishda rivojlanishini barqarorlashtirishga yordam beradi. U biznesni butun sikli davomida yo’naltirib turadi, tahlil qilib borish va kerakli o’zgartirishlar kiritib borish uchun asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.

Download 283 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling