4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Tortma analizdagi xatolar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
Tortma analizdagi xatolar.Tekshirilayotgan modda tarkibidagi elementlarni aniqlash jarayonni birin-ketin bajariladigan bir qancha bosqichdan iborat, bunda namuna ajratib olishda tortimni tarozida tortishda cho’ktirish yoki fil`trlashda yoki cho’kmani yuvishda xatoliklarga yo’l qo’yish mumkin. Bunday xatoliklar doimiy va tasodifiy bo’lishi mumkin. Doimiy xatolar qo’llaniladigan analiz usuli bilan bog’liq sabablar bilan tushuntiriladi. Shuning uchun ular avvaldan hisobga olinadi va hisoblash paytida formulaga tuzatish kiritiladi yoki xatolikni chetlab o’tish choralari ko’riladi. Doimiy xatolarning ayrim turlari bilan tanishib chiqamiz. Barcha xatolar miqdoriy reaksiyaning to’liq amalga oshmasligi, cho’kmaning qisman erishi yoki uning qizdirilishi jarayonnida sodir bo’ladigan kamchiliklar tufayli vujudga keladi. Bunday xatolar usulik xatolar deyiladi va ularni tugatish juda qiyin. Operativ xatolar analiz o’tkazayotgan talabaning mahoratiga va analitik operasiyalarning qanchalik diqqat bilan bajarilganligiga bog’liq. Bunday xatolar cho’kmani etarli darajada yuvmaslikda yoki haddan tashqari ko’p yuvish, cho’kmani normadan ortiq temperaturada qizdirish, temperaturasi xona temperaturasiga tenglashib ulgurmagan cho’kmani tarozida tortish oqibatida kelib chikadi. Analiz o’tkazishda op rasiyalarni to’g’ri va puxta bajarib operativ xatolarni kamaytirish mumkin. Doimiy xatolarning sabablaridan biri tarozilarning nosozligi va reaktivlarning ifloslanganligi bo’lishi mumkin. Tasodifiy xatolarning sabablarini oldindan bilib bo’lmaydi. Ularning vujudga kelishiga quritish shkafi yoki mufel pech temperaturasining keskin o’zgarishi, tekshirilayotgan eritmaga yot qo’shilmalarning tasodifan tushishi kabilar sabab bo’ladi. Tasodifiy xatolarning oldini olish yoki analiz natijasiga ko’rsatuvchi ta’sirini kamaytirish maqsadida ikkita parallel analiz o’tkaziladi. Bunda bir-biriga yaqin natijalar olinadi va ularning o’rtacha arifmetik qiymati analiz natijasi sifatida qabul qilinadi. Miqdoriy analizda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolar absolyut va nisbiy xatolarga ajratiladi. Absolyut xato analiz natijasida elementning topilgan miqdori bilan tekshirilayotgan modda tarkibidagi elementning haqiqiy miqdori orasidagi farqni ifodalaydi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling