4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

 
g) Cho`ktirish Miqdori aniqlanadigan element yoki birikmani qiyin eriydigan modda 
holida cho’ktirish tortma analizda eng muhim operaskya hisoblanadi. Cho’ktirishni to’g’i amalga 
oshirish uchun cho’ktiruvchini to’g’ri tanlash, uni kerakli miqdorda olish, cho’ktirish qoidalariga 
to’liq rioya qilish, cho’kish to’liq amalga oshganligiga ishonch hosil qilish kerak. 
Hosil bo’ladigan cho’kmaga qo’yiladigan talablarga qarab cho’ktiruvchi reagent tanlanadi. 
Tushadigan cho’kma tarkibi shu ion uchun cho’ktiriladigan shakl deb ataladi, u imkoni boricha 
kam eruvchan bo’lishi kerak. Masalan, Ba
2+
ioni karbonat, oksalat, xromat va sulьfat ionlari bilan 
kam eruvchan tuzlar hosil qiladi. EK
Ba2S2O4
= 1.6
.
10
-7
; EK
BaSrO4
= 2,4
.
10
-10
; EK
BaSO3
= 8,0
.
10
-9

EK
BaSO4
= 1,1
.
10
-10
. Demak, tortma analizda Ba
2+
ionini aniqlashda uni BaSO
4
holida cho’ktirish 
maqsadga muvofiq keladi. 
Cho’kma yirik kristallardan iborat bo’lsa, uni filьtrlash va yuvish yo’li bilan 
qo’shimchalardan tozalash mumkin. Shundan keyin cho’kma qizdiriladi. Masalan, Fe(OH)
3
temir 
gidroksidining cho’kmasi qizdirilganda to’liq temir (III)-oksidi Fe
2
O
3
ga anlanadi. Fe
2
O

tortiladigan shakl deyiladi va analiz oxirida uning massaci tarozida o’lchanadi. Masalan, Al
3+
alyuminiy ioni uchun Al(OH)

alyuminiy gidroksid cho’ktiriladigan shakl bo’lib, alyuminiy (III) 
ok-sid A1
2
O
3
tortiladigan shakldir. 
Tarozida tortiladigan modda ochiq havoda suv bug’larini va karbonat angidridni yutib yoki 
parchalanib o’z massasini o’zgartirmaydigan bo’lishi kerak. Shunda tarozida tortish paytida 
cho’kmani fil`trga o’tkazishda va boshqa operasiyalarda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolar 
analiz natijasiga kam ta’sir etadi. Masalan, xrom miqdorini xrom (III)-oksid Cr
2
O
3
, (molekulyar 
massasi 152 g) va bariy xromat BaCrO
4
(molekulyar massasya 253,3 g) holida aniqlash mumkin. 
Cr
2
O
3
cho’kmasidan 1 mg yo’qotilsa xromga hisoblanganda xato 0,7 mg ni tashkil etadi; BaCrO
4
cho’kmasidan 1 mg yo’qotilganida esa xromni aniqlashdagi xato 0,1 mg ni tashkil etadi. Xullas 
yo’l qo’yilgan bir xildagi absolyut xato, tortiladigan shaklning molekulyar massasi katta bo’lgan 
holatda analiz natijasining aniqlik darajasi katta bo’ladi. 
Miqdoriy analizda olingan natijaning aniqligi cho’ktiruvchi reagentni to’g’ri tanlashga ham 
bog’liq. Cho’ktiruvchi reagent uchuvchan bo’lishi kerak, chunki uni cho’kmadan yuvish yo’li 
bilan yo’qotishning iloji bo’lmasa, qizdirilganda cho’kmadan uchib ketishi kerak. Masalan, Ba
2+
kationini bariy sulьfat holida cho’ktirishda sul`fat kislota ishlatiladi, chunki u K
2
SO
4
, Na
2
SO
4
va 
boshqa tuzlarga nisbatan uchuvchan. Ana shu singari mulohazalardan so’ng Fe
3
+ temir kationini 
cho’ktirishda KOH, NaOH lar emas, balki NH
4
OH ishlatiladi. 
Cho’ktiruvchi reagentning cho’ktiriladigan ion bilan selektiv ta’sirlashishiga ham alohida 
e’tibor berish kerak. Aks xolda xalal beruvchi ionlarni eritmadan yo’qotish zarur bo’ladi.
Cho’ktirish jarayonnida hisoblangan, aniq miqdordagi reagentdan foydalanish kerak. 
Hisoblashda cho’ktiriladigan ionning eritmadagi miqdori asos qilib olinadi.
Cho’ktirish jarayonida hosil bo’ladigan cho’kmalar kristall yoki amorf holida bo’lishi 
mumkin. Amorf va kristall cho’kmalapHing hosil bo’lish sharoitlari har xil. 


Kristall cho’kmalar hosil bo’lishida quyidagilarta e’tibor berish kerak. Agar cho’kma 
mayda kristallar holida bo’lsa, u fil`tr teshiklaridan o’tib, aniqlanadigan elementdan bir qismining 
yo’qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, nayda kristallar fil`tr teshiklarini to’ldirib 
eritmaning fil`trlanish jarayonnini sekinlashtiradi. Shularga ko’ra kristall moddalarni cho’ktirishda 
imkoni boricha yirik kristallar hosil qilishga xarakat qilinadi. 
Kristall holidagi cho’kma hosil bo’lishi bir-biriga bog’liq ikki prosessdan iborat: 
kristallanish markazlarining hosil bo’lishi va ularning o’sishi. Kristallanish markazlarining 
kamroq hosil bo’lgani ma’kul, kristallarning o’sish jarayonnini esa tezlashtirish zarur. Buning 
uchun o’ta to’yinish darajasi kamroq eritmadan cho’kma hosil qilish kerak. Chunki o’ta to’yingan 
eritmalarda juda ko’p kristallanish markazlari hosil bo’lib, ular o’smasdan qoladi. 
Kristall cho’kmalar hosil qilish uchun jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga rioya kilish 
kerak. Bunday holda ham yirpik kristallar bilan bir qatorda mayda kristallar ho:il bo’lishi mumkin. 
Ularning sonini kamaytirish maqsadida eritma bir necha soatga tinch koldiriladi. Bu prosess 
kristallarning etilishi deb ataladi. Bu vaqt mobaynida ko’pincha mayda kristallar hisobiga katta 
kristallar o’sadi. Temperaturaning ko’tarilishi kristallarning etilish davrini kisqartiradi. Shuni 
hisobga olib, tajriba o’tkazilayotgan stakan issiq joyda, masalan, issiq suvli suv hammomida 
qoldiriladi.
Cho’ktirish jarayonida ko’pincha amorf cho’kmalar ham hosil bo’ladi. Amorf 
cho’kmalarda kolloid holatga o’tishga moyillik katta. Bu jarayon peptizasiya deb ataladi. Kolloid 
zarrachalar fil`trdan bemalol o’tadi, natijada cho’kmaning ancha qismi yo’qoladi. Amorf cho’kma 
hosil qiladigan moddalarni cho’ktirishda asosiy e’tibor kolloid eritma hosil bo’lishining oldnni 
olishga qaratilgan bo’lishi kerak. Amorf cho’kmalar hosil bo’lish sharoitlari jadvalda ko’rsatilgan. 
Masalan, Fe(OH)
3
, A1(OH), va boshqa gidroksidlarning amorf cho’kishlarini hosil qilishda 
ma’lumotlardan foydalanish mumkin. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling