4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


a)Moddani miqdoriy analizga tayyolash


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

 
a)Moddani miqdoriy analizga tayyolash. Miqdoriy analizda ko’pincha ko’p jinsli 
moddaning kimyoviy tarkibini aniqlashga to’g’ri keladi. Ishlab chiqarishda ko’p miqdordagi 


moddalar (o’g’itlar, zahar-ximikatlar, tuproq va shunga o’xshashlar) ning o’rtacha kimyoviy 
tarkibini aniqlashga to’g’ri keladi. Bunday moddani analizga tayyorlash undan o’rtacha namuna 
olishdan iborat bo’ladi. O’rtacha namuna olish moddaning fizikaviy holatiga, uning tuzilishiga, 
idishda qanday joylashganligiga, Shuningdek, mahsulot hajmining katta-kichikligiga bog’liq 
bo’lib, tekshiriladigan moddaning tarkibini to’liq aks ettirishi lozim. Aks holda analiz natijasi xato 
bo’lishi mumkin. 
O’rtacha namuna olish usullaridan biri kvadratlash hisoblanadi. Buning uchun moddaning 
yirik bo’laklari maydalanadi va qog’oz sirtida kvadrat yoki doira shaklida bir tekis yoyiladi. 
So’ngra bu kvadrat diagonallar bo’yicha to’rt qismga bo’linadi va ikkita qarama-qarshi 
sektordagi modda tashlab yuboriladi, qolgan ikkitasi esa bir-biriga qo’shiladi. Kvadratlash 
operasiyasi namuna massasi qariyb 25 g qolguncha bir necha marta takrorlanadi. So’ngra analiz 
qilinayotgan modda chinni yoki agat xovonchada maydalanadi va byuksga solinadi. Shu tariqa
hosil qilingan bir jinsli materialdan analiz uchun namuna tortib olinadi.
Ayrim hollarda modda tarkibidagi elementlarning prosent miqdornni aniqlash yo’li bilan 
modda formulasi keltirib chiqariladi. Bunday hollarda analiz uchun ishlatiladigan moddani begona 
qo’shimchalardan tozalash kerak. Moddanni analizga tayyorlashda qayta kristallash usulidan 
foydalaniladi. Qayta kristallash usuli faqat kristall moddalardan mexanik qo’shimchalarni ajratib 
tashlashda ishlatiladi. Kristall modda, iloji boricha, kamroq va temperaturasi 90-95°C gacha 
qizdirilgan erituvchida eritiladi. Qaynoq to’yingan eritma undagi erimay qolgan moddalardan 
ajratish maqsadida fil`trlanadi. Fil`trat yiriladi va muz yordamida sovitiladi. Natijada tozalanishi 
zarur bo’lgan modda kristallari ajratib olinadi va fil`tr qog’oz orasida quritiladi. Agar zarur bo’lsa 
qayta kristallantiriladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling