4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
Xromatografiya modda aralashmalarini ularni tashkil etuvchi komponentlarga ajratishning fizika-kimyoviy usuli bo’lib, u adsorbent (yutuvchi)larning turli moddalarni tanlab adsorblashiga asoslangan. Adsorbsiya usuli rus olimi M.S. Svet tomonidan 1903 yilda kashf etilgan. Xromatografik usullar organik va anorganik moddalarning miqdoriy analizida, Shuningdek ximiya sanoatida keng qo’llaniladi. Xromatografik analiz usullaridan adsorbsion, ion almashinish, taqsimlanish va cho’ktirish xromatografiyalari laboratoriyalarda miqdoriy analiz o’tkazishda keng qo’llanilmoqda. Adsorbsion xromatografiya bir yoki bir necha moddaning eritmalaridan molekulalararo kuchlar ta’sirida ayrim ionlarning tanlab adsorbsiyalanishiga asoslangan. Analiz qilinayotgan eritma xromatografik kolonkadan — mayda adsorbent donalari bilan to’ldirilgan shisha naydan o’tkaziladi. Kolonkaning pastki qismi iigichka va unda shisha jo’mrak yoki qisqichli rezina nay bo’ladi. Analizda byuretkadan yoki maxsus xromatografik kolonkalardan foydalanish mumkin. Rangsiz adsorbentli kolonkadan adsorbilanadigan moddaning rangli eritmasi o’tkazilganda shisha naycha ichidagi adsorbent ustunida xromatogramma hosil qiladigan rangli qavatlar paydo bo’ladi. Analiz qilinayotgan eritmada u yoki bu ionlarning borligi to’g’risida shu xromatogramma asosida fikr yuritiladi. Adsorbentlar sifatida aktivlangan ko’mir, ishqoriy-er metallarining, Shuningdek magniy, alyuminiy va shu singari metallarning oksidlari va gidroksidlari, silikagel kabilar ishlatiladi. Adsorbsion xromatografiya asosan eritmalar holida dissosilanmaydigan modda (ya’ni elektrolitmas) larni, bug’lar va gazlarni ajratish uchun qo’llaniladi. Masalan, CaCO 3 dan adsorbent sifatida foydalanilganda benzol tarkibidagi eritma holidagi o’simlik pigmentlarini bir-biridan ajratish mumkin. Taqsimlash xromatografiyasi erigan moddaning o’zaro aralashmaydigan ikki fazasi orasida taqsimlanishi hodisasiga asoslangan. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling