4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
Nefelometriya usulida biror elementni aniqlash maqsadida tekshirilayotgan eritmaga maxsus reaktiv eritmasidan qo’shib loyqa hosil qilinadi. Tekshirilayotgan eritmaning loyqalanish intensivligi standart eritmaning loyqalanish intensivligi bilan solishtiriladi. Bunda probirkalardan, silindrlardan yoki maxsus asbob— nefelometr va fotonefelometrlardan foydalaniladi. Bu asboblarda eritmaning loyqalanish intensivligini o’lchashda fotoelementdan foydalaniladi. Fotoelementga tekshirilayotgan loyqa eritmadagi zarrachalar tomonidan sochilgan nur tushadi. Zarrachalar konsentrasiyasi qancha ko’p bo’lsa, sochilgan nur intensivlngi shuncha yuqori bo’ladi. Nefelometriya ham kolorimetriya singari aniqlanayotgan modda konsentrasiyasi tekshirilayotgan eritmaga qaraganda kam bo’lgan xollarda qo’llaniladi. Turbidimetriya usulida tekshirilayotgan rangsiz loyqa eritmada yutilgan nurning intensivligi o’lchanadi. Analizni bajarish tartibi rangli eritmalarning intensivligi kolorimetriya usuli bo’yicha o’lchash singari bajariladi. Alanga fotometriyasi usuli moddani alangaga tutish bilan qo’zg’algan holda uning atomlari chiqaradigan nurlanishni o’lchashga asoslangan. Alanga fotometriyasi spektral analizning yangi usullaridan biridir. Tekshirilayotgan eritma siqilgan havo yoki kislorod yordamida gaz (vodorodli yoki asetilenli) gorelkasini rangsiz alangasiga kam-kam miqdorda purkaladi. Agar eritma tarkibida oson qo’zg’aluvchan elementlarning ionlari mavjud bo’lsa, alangada o’sha elementga xos nurlanish paydo bo’ladi va natijada alanga bo’yaladi. Nurlanish intensivligi eritma tarkibidagi aniqlanadigan elementning konsentrasiyasiga to’g’ri proporsionaldir. Chiqayotgan nurlanish intensivligi eritmadagi aniqlanuvchi elementning (ma’lum intervaldagi) konsentrasiyasiga to’g’ri proporsional bo’ladi. Asosiy vazifa ayni element uchun xos bo’lgan nurning to’lqin uzunligini topish va uning nurlanish intensivligini o’lchashdan iborat. Bu ishni bajarishda maxsus asbob alanga fotometridan foydalaniladi. Alanga fotometri ma’lum to’lqin uzunligidagi nurlanish intensivligini o’lchashga asoslangan. Shuning uchun har bir aniqlashda faqat bitta elementning miqdorini aniqlash mumkin. Alanga fotometriyasi usulini asosan ishqoriy va ishqoriy-er metallar (Li, Na, K, Rb, Cs, Mg, Ca, Sr, Ba) ning miqdorini aniqlashda qo’llash yaxshi natijalar beradi Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling