4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


Kimyoviy analiz usullariga quyidagilar kiradi


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

Kimyoviy analiz usullariga quyidagilar kiradi: 
1) tortma (gravimetrik) analiz; 2) hajmiy (titrimetrik) analiz; 3) gaz analizi.
 
 
TORTMA ANALIZ. Bu usul juda qadimdan ma’lum va u etarli darajada aniq natijalar 
beradi, lekin uni bajarish uchun ko’p vaqt ketadi. Analiz quyidagi tartibda bajariladi. 
Tekshirilayotgan modda namunasi analitik tarozida tortiladi, so’ngra namuna eritmaga o’tkaziladi, 
zaruriy komponent (miqdori aniqlanishi kerak bo’lgan element ioni) kam eruvchan va aniq tarkibli 
birikma holida cho’ktiriladi, cho’kmani fil`trlab eritmadan ajratiladi. Cho’kma doimiy massaga 
kelguncha quritiladi va analitik tarozida tortiladi. Cho’kmaning massasini bilgan holda zaruriy 
komponentning proseng miqdori hisoblab topiladi. Masalan, sul`fatlar tarkibidagi SO
2
4
–sul`fat-
ioni miqdorini aniqlash uchun sulьfatlar aralashmasidan olingan namuna analitik tarozida tortiladi, 
namuna eritmaga o’tkaziladi va eritmaga BaCl
2
eritmasidan tomizib SO
2
4
–ionlari BaSO

holida 
to’liq cho’ktiriladi, BaSO
4
ning analitik tarozida aniklangan massasiga ko’ra SO
2
4
ionining 
prosent miqdori hisoblab topiladi. 
 
HAJMIY ANALIZ. Klassik usullardan biri hisoblangan hajmiy analiz reaksiyaga 
kirishayotgan eritmalar hajmini o’lchashga asoslangan. Ulardan birining konsentrasiyasi ma’lum 
bo’lib, ikkinchi eritmaning konsentrasiyasi titrlash asosida hisoblanadi. Hajmiy analizda tarkibi 
tekshirilayotgan eritmaga reaktiv eritmasidan ekvivalent miqdorda quyiladi. Ularning 
ekvivalentlik nuqtasi indikatorlar yordamida yoki boshqa usulda aniqlanadi. Masalan, sarflangan 
aniq konsentrasiyali ishqor eritmasining hajmini bilgan holda tekshirilayotgan eritmadagi kislota 
konsentrasiyasini hisoblab topish mumkin. Ularning ekvivalentlik nuqtasi indikator (masalan, 
fenolftalein) yordamida aniqlanishi mumkin. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling