4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)
GAZ ANALIZI. Texnologik jarayonlarni nazorat qilib turishda gaz analizi usulidan keng foydalaniladi. Bu usulning asl mohiyati shundan iboratki, gazlar aralashmasi maxsus reaktiv eritmasi orqali o’tkazilganda ayrim komponentlarning eritmaga yutilishi tufayli gazlar aralashmasining hajmi kamayadi. Ana shunga asoslanib aralashmadagi ba’zi gazlapHing prosent miqdori aniqlanadi. Masalan, gazlar aralashmasi tarkibidagi karbonat angidrid miqdori ma’lum hajmdagi gazlar aralashmasini o’yuvchi natriy eritmasi bilan aralashtirib chayqatish yo’li bilan aniqlanadi. Bunda ishqor eritmasi CO 2 gazini to’liq yutadi. Agroximiya laboratoriyalarida tabiiy oxaktosh tarkibidagi kalьsiy karbonat CaCO 3 miqdorini aniqlash uchun namunaga xlorid kislota ta’sir ettirilganida ajralib chiqadigan karbonat angidridning hajmini o’lchashdan foydalaniladi. Ammo kimyoviy usullar xamisha sanoatni nazorat qilishda kelib chiqadigan talablapHi qondira olmaydi. Kimyoviy usullarning sezgirligi kichik bo’lganligi uchun turli ob’ektlar tarkibidagi juda kam miqdor elementlarni aniqlab bo’lmaydi. Bundan tashqari, tortma analiz usulini bajarish uchun ko’p vaqt sarflanadi, xajmiy analizni esa loyqa yoki rangli moddalar mavjud eritmalar sharoitida qo’llash mumkin emas. Shuning uchun ham hozirgi davrda juda sezgir, analizni o’tkazish davri qisqa bo’lgan usullar yaratishga ko’p e’tibor berilmoqda. Bu jihatdan fizikaviy va fizika-kimyoviy usullar katta samara bermoqda. OPTIK ANALIZ USULLARI: Optik analiz usullari tekshirilayotgan moddaning optik ko’rsatkichlarini o’lchashga asoslangan. Tekshirilayotgan moddaning atom va molekulalariga ta’sir etuvchi elektromagnit nurlanish yutilishi, sochilishi va qaytishi mumkin. Ana shu o’zgarishlardal birortasi yordamida tekshirilayotgan moddaning tarkibi haqida xulosa chiqariladi. Qishloq xo’jaligi va biologiyaga taalluqli izlanishlarda optik analiz usullaridan biri kolorimetrik analiz keng qo’llaniladi. Turli ob’ektlar tarkibidagi mikroelementlar miqdori ana shu usul yordamida aniqlanadi. Kolorimetrik analiz o’ta sezgirligi va analiz o’tkazish uchun kerakli vaqtning qisqaligi bilan boshqa usullardan farq qiladi. Kolorimetrik analiz usulida aniqlanishi zarur bo’lgan komponent rangli birikmaga o’tkaziladn. Hosil bo’lgan rangning intensivligidan foydalanib aniqlanayotgan komponentnnng miqdori to’g’risida xulosa qilinadi. Masalan, biologik ob’ekt tarkibidagi Fe 3+ kationi miqdorini aniqlash uchun temir (III) ioni eritmaga o’tkaziladi va unga NH 4 CNS eritmasidan qo’shiladi: Fe 3+ +CNS - ↔[Fe(CNS)] 2+ Hosil bo’lgan kompleks ionlar eritmani qizil-qon rangga bo’yaydi (bu reaksiyaga temir (II) ionlari xalal bermaydi). Yuqorida bayon etilgan usulda Mn 2+ mikroelementini xam aniqlash mumkin. Buning uchun Mn 2+ kationi MnO 4 anioniga qadar oksidlanadi. Ma’lumki, MnO 4 anioni eritmada olcha rangda bo’ladi. Cu 2+ kationini aniqlash uchun u NH 4 OH ta’sirida zangori rangli ion [Cu(NH 3 ) 4 ] 2+ holiga o’tkaziladi. Tekshirilayotgan eritmalar tarkibidagi elementlar (temir, marganes va mis) miqdorini aniqlash uchun eritma rangining intensivligini «standart» eritmalar rangining intensizligiga solishtirish zarur. Standart eritmalar maxsus tayyorlanadi va ularning tarkibida aniqlanayotgan elementning konsentrasiyasi aniq bo’ladi. Kolorimetrik analizda tekshirilayotgan va standart eritmalarga reaktivlar bir xil miqdorda, birin- ketin solinadi. Eritmalar rangini solishtirishda bir xil tipdagi idishlardap va bir xil tabiatli nurdan foydalaniladi. Standart eritma bilan tekshirilayotgan eritma ranglarini solishtirishning bir qancha usullari mavjud. Vizual usulda eritmalar rangi solishtiriladi. Eritmalarning rangini solishtirishda fotoelementdan ham foydalanish mumkin, bu usul fotokolorimetrik usul deb ataladi. Bunda elektr lampochkadan chiqayotgan nur tekshirilayotgan eritma orqali o’tib fotokolorimetrning fotoelementiga tushadi. Hosil bo’lgal elektr tokining kuchi yordamida eritma rangining intensivligi aniqlanadi. Fotometriya usuli tekshirilayotgan modda tomonidan to’lqin uzunligi qat’iy aniq biror songa teng bo’lmagan nurlarning yutilishpga asoslangan. Turli moddalar o’z tabiatiga qarab spektrning har xil sohalarida maksimal nur yutish xususiyatiga ega. Masalan, ul`trabinafsha sohada (to’lqin uzunligi λ=200—380nm) ko’zga ko’rinadigan sohada (λ=380—760 nm) va infraqizil sohada (λ=760—2,5nm) tekshiriladi. Moddaning tabiatiga qarab eritma rangining intensivligini aniqlashni ultirabinafsha, ko’rinadigan va infraqizil sohalaridan birida o’tkaziladi. Bunday o’lchashlarni fotoelektrik kolorimetrlarda o’tkazish mumkin. Hozirgi kunda laboratoriyalarimizda vatanimizda ishlab chiqarilayotgan FEK = 56 M fotokolorimetri muvaffaqiyat bilan ishlatilmoqda. Spektrofotometriya usulida tekshirilayotgan moddaga aniq to’lqin uzunlikdagi, ya’ni monoxromatik yorug’likning yutilishidan foydalaniladi. Eritmaning aniq rangini belgilashda monoxromator bilan jihozlangan spektrofotometrlardan foydalaiiladi. Elementlarni spektrofotometriya, fotokolorimetriya va kolorimetriya usullari bilan aniqlash uchun rangi o’zgarish bilan sodir bo’ladigan har qanday reaksiyadan ham foydalanib bo’lavermaydi. Reaksiya tez amalga oshadigan va oxirigacha bora oladigan, reaksiya davomida o’ta seziluvchan rang paydo bo’lishi va uning intensivligi analiz o’tkazib bo’linguncha doimiy qiymatda saqlanadigan bo’lishi zarur. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling