4-mavzu. Sifat analizining sistemalari. Reja


Kristall va amorf moddalarning cho’kish sharoitlari


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/41
Sana15.03.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1269394
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
Маруза сиртки 27,02,2023 (1)

Kristall va amorf moddalarning cho’kish sharoitlari 
Cho’ktirish sharoitlari 
Erishiladigan natija 
Kristall moddalarning cho’ktirilishi 
1. Cho’ktirishni etarli darajada suyultirilgan 
tekshirilayotgan modda va cho’ktiruvchi 
reaktiv eritmalaridan foydalanib o’tkazish 
kerak. 
1. Cho’kmaning hosil bo’lishi sekinlashadi, 
ya’ni yirik kristallar hosil bo’lishi uchun 
sharoit yaratiladi, qo’shimchalarning 
birgalashib cho’kishi kamayadi. 
2. Reaktiv eritmasini asta-sekin tomchilab 
qo’shish kerak, bunda tekshirilayotgan eritma 
shisha tayoqcha bilan aralashtirib turiladi. 
2. Qo’shilgan reaktiv tomchisi tekshirilayotgan 
eritma hajmida suyultiriladi. 
3.Cho’ktirishda tekshirilayot-gan modda va 
reaktiv eritmalari bir oz isitilgan bo’lishi 
kerak. 
3. Temperatura ortganda cho’kma hosil 
bo’lishi sekinlashadi va yirik kristallar hosil 
bo’lishi uchun sharoit yaratiladi. 
Amorf moddalarning cho’ktirilishi 
1. Cho’ktirish muvofiq elektrolit-koagulyator 
ishtirokida o’tkaziladi. 
1. Peptizasiyaning vujudga kelishiga yo’l 
qo’yilmaydi. 
2. Cho’ktirishni tekshirilayotgan modda va 
reaktiv eritmalarini issiq holatida o’tkazish 
kerak. 
2. Peptizasiyaning vujudga kelishiga yo’l 
qo’yilmaydi. 


3. Cho’ktirish tekshirilayotgan modda va 
reaktiviing 
konsentrlangan 
eritmalaridan 
foydalanib o’tkaziladi. 
3. Eritmaning hajmi kichik bo’ladi. Shunga 
muvofiq cho’kma hajmi kichik bo’ladi. 
Amorf cho’kmalarni fil`trlamasdan uzoq qoldirib bo’lmaydi, chunki cho’kma zichlashib, 
o’z hajmini kichraytiradi va keyingi tozalash bilan bog’liq bo’lgan yuvish jarayonnini 
qiyinlashtiradi. Bundan tashqari cho’kma o’z sirtig’a eritmadan turli qo’shimchalapHi 
adsorbsiyalashi, ya’ni ifloslanshsh ham mumkin. Bu sabablarga ko’ra amorf cho’kma hosil 
qilingandan so’ng, u bir necha minut tinch qoldiriladi, so’ng fil`trlanadi. 
Amorf yoki kristall cho’kmalar hosil bo’lgandan so’ng, ularni fil`trlab ajratishdan oldin 
moddaning to’liq cho’kkanligini aniqlash zarur. Cho’kma ustidagi eritma tiniq bo’lgandan keyin 
cho’kmani loyqalamay, stakan devori bo’ylab asta-sekin 2-3 tomchi cho’ktiruvchi reaktiv eritmasi 
tomiziladi. Tomchi tushayotgan joyda eritma loyqalanmasa modda to’liq cho’kkan bo’ladi. Aks 
holda eritmaga yana ,bir necha millilitr cho’ktiruvchi reaktiv eritmasi qo’shiladi, shisha tayoqcha 
bilan aralashtiriladi, yana qizdiriladi va cho’kma etiltirish uchun qoldiriladi. Moddaning to’liq 
cho’kkanligi fil`trlashdan oldin ham tekshiriladi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling