4-mavzu. Siyosiy tizim


Download 46.72 Kb.
bet9/13
Sana15.09.2023
Hajmi46.72 Kb.
#1678467
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
siyosiy tizim

Me’yoriy kichik tizim – bu davlat va siyosiy tuzilmalar darajasida tan olingan siyosiy axloq hisoblanadi. Uning asosiy hujjati konstitutsiya bo‘lib, u jamiyat va davlat hayotining me’yorlarini o‘zida ifoda etadi. 

Ommaviy axborot vositalari, kommunikatsiyalar, infratuzilmalar kichik tizimi jamiyat rivojida katta o‘rin tutadi. Uning jamiyat siyosiy tizimidagi o‘rni matbuot, radio va televidenielarni o‘z ichiga olganligi siyosiy jarayonlarni holisona etkazish va baholash, xalqni uni ijrosini ta’minlashda safarbar etish bilan belgilanadi. Xullas, siyosiy tizimdagi uning asosiy o‘rni siyosiy faoliyat bilan bog‘liq.
Siyosiy tizimning yuqorida keltirilgan kichik tizimlari bir-biridan mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsatadilar va ayni paytda ular bir-birlariga bog‘liqdir. Ularning o‘zaro uyg‘un holatdagi faoliyati siyosiy tizimning barcha mexanizmlarining normal ishlashini ta’minlaydi.
Umumlashtirib olganda, siyosiy tizimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
  • jamiyatning maqsad va vazifalarini aniqlashtirish, uning kundalik hayotiy faoliyati uchue zaruriy dasturlarni ishlab chiqish; 


  • Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun jamiyat resurslarini va imkoniyatlarni safarbar etish


  • Jamiyat tizimi barcha elementlarini umumiy maqsad va qadriyatlar yo‘lida integratsiyalash va birlashtirish; 


  • Jamiyat ichki va tashqi xavfsizligini va barqarorligini ta’minlash; 


  • Jamiyat a’zolarining siyosiy ongini shakllantirish, ularni siyosiy ishtirok va faoliyatga moslashtirib borish. 


    • Legitimlilik deganda i haqiqiy siyosiy hayotning zarur darajasiga rasmiy-siyosiy va huquqiy me’yorlar bilan erishilishini tushuniladi. 


    • Jamiyatning siyosiy tizimida davlat markaziy o‘rinni egallaydi. Zero, jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha tashkilotlar davlat faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Davlat o‘zining mukammal maqomiga ega bo‘lib, uning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi: 


  • ma’lum hududga, 


  • o‘z aholisiga, 


  • ma’lum bir tashkilotlariga ega bo‘ladi. 


Davlatning yana bir muhim belgilari uning suveren bo‘lishidadir.


Avvalo, bu bizningcha jamiyatimizda sodir bo‘layotgan, hozirgi o‘tish davrida davlat boshqaruvining barcha sohasini isloh qilish va tartibga solish va uni tobora mustahkamlab, takomillashtirib borishida o‘z ifodasini topmoqda. Bu to‘g‘rida Prezident I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaganlar. “O‘tish davrida jilovini qo‘ldan bermasligi kerak. Shundagina u davlat bo‘ladi. Jilov qo‘ldan ketgan joylarda ahvol qanday ayanchli ekanni ko‘rib turibmiz”30.



Download 46.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling