4-mavzu. Siyosiy tizim
Siyosiy tizimlar tipologiyasi
Download 46.72 Kb.
|
siyosiy tizim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yopiq siyosiy tizimlar
Siyosiy tizimlar tipologiyasi
Hozirgi dunyoda mavjud bo‘lgan siyosiy tizimlarning xilma-xilligi ularning shakllanish va amal qilish jarayonlariga ko‘plab omillar: tarixiy an’analar, madaniyat, iqtisodiy rivojlanish, fuqarolik jamiyatining etukligi, siyo siy shart-sharoitlar va shu kabilar ta’sir o‘tkazishini ko‘rsa, u yoki bu omillarning ustunligi ularning o‘ziga xosligi va betakrorligini taqozo etadi. Lekin ularni yaqinlashtiradigan, ularning universal mexanizmlari roli va amal qilish qonuniyatlarini namoyon etishga imkon beradigan ni maiki bo‘lsa, nazariy va amaliy qiziqish uyg‘otadi. Siyosiy tizimlarni tasniflashning amaliy ahamiyati shundaki, ular shart-sharoitlarning etarli yoki etarli emasligi, ularning siyosiy institutlarning o‘z siyosiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish darajasida samarali ishlashini ta’minlay olish-olmasligini aniqlashga yordam beradi. Siyosiy tizimlar tipologiyasi turli-tuman belgilarni hisobga olish asosida amalga oshiriladi. Siyosiy tizimlarning tasniflaridan biri ularning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlari xarakteridan kelib chiqadi. Ushbu mezon bo‘yicha ular ochiq va yopiq siyosiy tizimlarga bo‘linadi. Yopiq siyosiy tizimlar tashqi muhit bilan cheklangan darajada aloqaga kirishadi, boshqa tizimlarga xos qadriyatlarga o‘quvsiz bo‘la di, rivojlanish imkoniyatlarini tizim ichidan qidiradi. Sobiq, sotsiolizm mamlakatlari bunta misol bo‘lib xizmat qiladi. Ochiq siyosiy tizimlar tashqi dunyo bilan faol ravishda resurslar ayirboshlaydi, boshqa tizimlarning ilg‘or qadriyatlarini muvaffaqiyat bilan o‘zlashtiradi, ular harakatchan va jo‘shqin xususiyatga ega bo‘ladi. Fransuz siyosatshunosi J.Blondeev siyosiy tizimlarni boshqaruvning mazmuni va shakli bo‘yicha farqlab, unga muvofiq quyidagi asosiy turlarini ajratib ko‘rsatgan: 1) liberal-demokratik tizimlar siyosiy qarorlar qabul qilishda individualizm va erkinlik qadriyatlariga asoslanadilar; 2) kommunistik tizimlar tenglik, ijtimoiy adolat qad-riyatlariga asoslanadilar; 3) an’anaviy siyosiy tizimlar boshqarishning oligarxik shakllariga tayanadilar va iqtisodiy resurslar va ijtimoiy maqomlarni notekis taqsimlashga asoslanadilar; 4) populistik siyosiy tizimlar rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Evolyusiya nuqtai-nazaridan, an’anaviy va zamonaviylashtirilgan tizimlarni ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq rivojlanishining tarixiy xususiyatlari jihatidan esa siyosat va partiyalar anglo-amerikaviy, evropa-mintaqaviy, rivojlangan mamlakatlarga bo‘linadi. Hozirgi davrda G.Almondning siyosiy tizimlar tipologiyasi keng tadbiq etilmoqda. U siyosiy tizimlarni siyosiy madaniyatlar va siyosiy jarayon ishtirokchilari o‘rtasida siyo siy rollarning taqsimlanishi bo‘yicha farqlaydi va siyosiy tizimlarning to‘rt turini ajratib ko‘rsatadi: anglo-ameri kaviy, mintaqaviy-evropaviy, sanoatlashmagan va qisman sanoatlashgan, totalitar. Download 46.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling