4 mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar
Download 258.51 Kb.
|
4 mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistik grafiklar
- Grafik tasvir
4.2. Statistik grafiklar
Grafiklar zamonaviy statistikaning ilmiy o‘rganish qurollaridan biri hisoblanadi va hozirgi kunda birorta ma’ruzani yoki ommaviy chiqishlarni, taqdimotlarni, gazeta , jurnallarda chop etiladigan maqolalarni, televizordagi maxsus eshittirishlarni va xatto reklama industriyasini statistik grafiklarsiz tassavur ham qilib bo‘lmaydi. Ingliz iqtisodchisi U.Pleyf 1786 yilda chop qilgan «Tijorat va siyosiy atlas (Kommercheskiy i politicheskiy atlas)» asarida birinchi bo‘lib statistik ma’lumotlarni grafiklarda tasvirlanishiga asos solgan olimlardandir. Grafiklar o‘quvchining diqqatini o‘ziga tez jalb etish bilan birga ma’lumotlarni esda saqlash va tasavvur qilishga zamin yaratadi. Ular ko‘rish va tushunish qiyin bo‘lgan ayrim qonuniyatlarni aniqlashda va tasvirlashda muhim o‘rin egallaydi. Ommaviy o‘quvchi uchun grafik tasvir orqali statistik ko‘rsatkichlarni tushunish va o‘rganish statistik jadvallardan ko‘ra ancha qulaydir: miqdoriy ko‘rinishga nisbatan grafikda tasvir taassuroti yuqori bo‘ladi; statistik kuzatuv natijalari tezroq va osonroq tushuniladi hamda umumlashtiriladi; hodisa va jaryonlarning o‘zaro bog‘liqligi va ularni vaqt bo‘yicha o‘zgarishi yaqqol ko‘rinib turadi; statistik-iqtisodiy qonuniyatlarni aniqlash va aniqlangan qonuniyatlarni ko‘rish va tekshirish imkoniyati tug‘iladi. Statistik grafiklar – bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta, chiziq, figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir. Statistik grafiklarni tuzishda va ifodalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim. Statistik ko‘rsatkichlarning mohiyatini, makon va zamonda o‘zgarishini, shuningdek boshqa belgilarini e’tiborga olgan holda ko‘ra bilish, tasavvur qilish, tushunish, mavjud qonuniyatlarni aniqlash qulay bo‘lgan grafiklar yasalishi lozim. YUqoridagi talablarni bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar qatnashadi: grafik obraz; grafik maydon; grafik maydon o‘lchov birliklari; masshtab; shkala; grafik talqin. Grafik tasvir - bu statistik ma’lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar to‘plamidan iborat geometrik belgilardir. Download 258.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling