4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi


Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish pallasi


Download 442.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/23
Sana07.04.2023
Hajmi442.98 Kb.
#1336941
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари

Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish pallasi. 
Tadqiqot texnologik fazasining yakuniy pallasi bo‘lib uning natijalarini 
aprobatsiya qilish, ularni adabiy rasmiylashtirish va chop qilish hisoblanadi. 
Natijalarni aprobatsiya qilish bosqichi. Tadqiqotning batafsil aprobatsiyasi bu 
– uning xayotiyligi va natijalarining xaqqoniyligi shartlaridan biri, uning 
kamchiliklarini o‘z vaqtida to‘g‘rilash va tuzatish usullaridan biridir. “Aprobatsiya” 


40 
so‘zi lotinchadan kelib chiqqan va “ma’qullash, tasdiqlash” ma’nosini beradi. 
Tanqidchilar, opponentlar, xakamlar sifatida hamkasb-olimlar, amaliyotchi 
xodimlar hamda ilmiy va pedagogik jamoalar qatnashadi. Aprobatsiya omma 
oldidagi ma’ruzalar va chiqishlar, diskussiyalar shakllarida, shuningdek, yozma 
yoki og‘zaki taqriz shakllarida amalga oshiriladi. Norasmiy aprobatsiya – 
hamkasblar, ilmiy bilimning boshqa sohalari mutaxassislari, shuningdek, 
amaliyotdagi xodimlar bilan bo‘ladigan suxbatlar, baxs-munozaralar ham muhim rol 
o‘ynaydi. Aprobatsiya natijalari bo‘yicha tadqiqotchi paydo bo‘ladigan savollar, 
ijobiy va salbiy baholar, e’tirozlar va maslaxatlarning mag‘zini chaqadi, anglaydi, 
hisobga oladi. Bu asosda tadqiqotchi o‘z materiallarini to‘ldiradi, qayta ishlaydi, 
zarur bo‘lsa – o‘z tadqiqotining ba’zi fikrlarini qayta o‘zgartirib chiqadi. 
Natijalarni rasmiylashtirish bosqichi. Aprobatsiya yakunlangach tadqiqotchi 
o‘z tadqiqoti natijalarini adabiy rasmiylashtirish va chop qilishga kirishadi. Chunki 
ilmiy ishni xox yozma, xox og‘zaki, xox elektron holda nashr etish tadqiqot 
yakunlanishining majburiy sharti bo‘lib hisoblanadi (tabiiy-ki, agar u xaqiqatda 
ilmiy ish bo‘lsa): u yoki bu tadqiqotchi tomonidan olingan yangi bilimlar qachonki 
jamiyat mulkiga aylangandagina ilmiy bilimga aylanadi. 
O‘tkazilgan tadqiqot natijalari adabiy maxsulotning quyidagi shakllarida 
rasmiylashtiriladi: 
1. 
Referat tadqiqot natijalarini yozma ko‘rinishda taqdim qilishning 
boshlang‘ich shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Referat yordamida yangi 
tadqiqotchilar o‘z tadqiqotining boshlang‘ich natijalarini bayon qiladilar. Referatda 
odatda mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati ochib beriladi, mavzu bo‘yicha chop 
qilingan maqolalar taxlil qilinadi, taxlil qilingan ilmiy material bo‘yicha baholar va 
xulosalar beriladi. Referat tadqiqotchining aql-zakovatini, uning mavjud ilmiy 
axborotlarni mustaqil ravishda taxlil qilish, tizimlashtirish, sinflash va 
umumlashtirish ko‘nikmalarini ko‘rsatishi kerak. Referatlar odatda chop etilmaydi. 
2. 
Ilmiy maqola tadqiqotchining eng ko‘p tarqalgan adabiy maxsuloti 
shakli bo‘lib hisoblanadi. Maqolalar ilmiy jurnallarda, ilmiy yoki ilmiy-metodik 
to‘plamlarda chop etiladi. Maqola hajmi odatda 5-15 mashina yozuvi varaqlaridan 
iborat. Ilmiy maqolada materialning bayon qilinishi tizimli ravishda va ketma-
ketlikda bo‘lishi lozim. Ishning bo‘limlari o‘zaro mantiqiy ravishda bog‘liq bo‘lishi 
lozim. Ishning ilmiy uslubiga aloxida e’tibor qaratilishi kerak. Ilmiy uslub uchun 
quyidagi asosiy talablar xos bo‘ladi: bayon etishning aniqligi, so‘zlarni qo‘llashdagi 
aniqlik, qisqalik va aniqlik, ilmiy terminologiyaga qat’iy amal qilishlik, fikrlarni 
bayon qilishda ketma-ketlik borligi, mantiqiylik, fikrlar, da’volarning o‘zaro
bog‘liqligi. Matning adabiy taxririga aloxida e’tibor qaratish lozim. 
Ilmiy maqolada yakuniy qism, ilmiy xulosalar va takliflarning bayon qilinishi 
katta ahamiyatga ega. Maqolaning ushbu qismida tadqiqot natijalarining ahamiyatli 


41 
jixatlarini qisqa va aniq ajratib berish va ularni amaliyotda qo‘llash yo‘llarini 
ko‘rsatish lozim. 

Download 442.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling