4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi


Download 442.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/23
Sana07.04.2023
Hajmi442.98 Kb.
#1336941
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари

6-rasm. Baholash variantlari 
Elementlar o‘rtasidagi munosabatlarni tavsiflashda “S”, “O” yoki “D” xarflari 
muayyan ketma-ketligidan foydalanamiz, bunda ularning ketma-ketligi kim nimani 
baholashi yoki kim nima xaqida refleks qilishiga mos keladi. 
Birinchi tartib munosabatlari (refleksiyaning nolinchi darajasi), quyidagicha 
baholash mavjud: 
SO – sub’ekt tomonidan o‘z faoliyati natijalarini baholash (natijalarni o‘z 
tomonidan baholanishi ); 
SS – sub’ekt tomonidan o‘zini-o‘zi baholash (o‘zini shaxs sifatida baholash);
SD - sub’ekt tomonidan boshqa sub’ektlar – kishilarni (shaxs sifatida) 
baholash; 
DO – boshqa sub’ektlar – kishilar tomonidan sub’ekt faoliyati natijalarini 
baholash;
DS - boshqa sub’ektlar (kishilar) tomonidan sub’ektni (shaxs sifatida) 
baholash. 


46 
Ushbu besh munosabat bilan birinchi tartibli munosabatlarning barcha joiz 
kombinatsiyalari tugaydi (ob’ekt passivligi uchun baholashga qodir emas, boshqa 
sub’ektlar o‘z-o‘zini baholashini (DD) biz ko‘rib chiqmaymiz). 
5.6-rasmda keltirilgan munosabatlar faoliyat sub’ektining, shuningdek, 
boshqa sub’ektlarning muloxazalari predmeti bo‘lishi mumkin. Endi birinchi tabaqa 
refleksiyasi paydo bo‘ladi. 
Ikkinchi tartib munosabatlari (birinchi tabaqa refleksiyasi). Bu yerda 
quyidagilarni ajratish lozim: 

avtorefleksiyani (birinchi turdagi refleksiyani), unga “SS” bilan 
boshlanadigan, ya’ni, sub’ektning o‘zini baholashi to‘g‘risidagi, o‘zining 
natijalarini baholashi to‘g‘risidagi muloxazalariga tegishli bo‘lgan ketma-
ketliklar mos keladi: 
SSO – natijalarni baholash to‘g‘risidagi sub’ektning muloxazalari; 
SSS – o‘zini-o‘zi baholashi to‘g‘risidagi sub’ektning muloxazalari; 
va 

ikkinchi turdagi refleksiyani (boshqa barcha ketma-ketliklarni): 
SDO – boshqa sub’ektlar tomonidan uning faoliyati natijalarini baholashi 
to‘g‘risidagi sub’ektning muloxazalari (“mening faoliyatim natijalari 
to‘g‘risida boshqalar nima deb o‘ylamoqda”); 
SDS - boshqa sub’ektlar tomonidan uning o‘zini baholashi to‘g‘risidagi 
sub’ektning muloxazalari (“men to‘g‘rimda boshqalar nima deb 
o‘ylamoqda”); 
DSS - sub’ekt tomonidan uning o‘zini baholashi to‘g‘risidagi boshqa 
sub’ektlarning muloxazalari; 
DSO - sub’ekt tomonidan o‘z faoliyati natijalarini baholashi to‘g‘risidagi 
boshqa sub’ektlarning muloxazalari; 
DSD – sub’ekt tomonidan boshqa sub’ektlarni baholashi to‘g‘risidagi boshqa 
sub’ektlarning muloxazalari; 
Uchinchi tartibli munosabatlar (ikkinchi tabaqa refleksiyasi). Bu yerda endi 
variantlar ko‘proq. Ulardan ba’zilarini keltirib o‘tamiz: SDSO - sub’ekt tomonidan 
o‘z faoliyati natijalarini baholashi to‘g‘risidagi boshqa sub’ektlarning muloxazalari 
bo‘yicha sub’ektning muloxazalari (men o‘z natijalarimni baholashim to‘g‘risida 
boshqalar nima deb o‘ylaydi); DSDO - boshqa sub’ektlar tomonidan uning faoliyati 
natijalarini baholashi to‘g‘risidagi sub’ektning muloxazalari bo‘yicha boshqa 
sub’ektlarning muloxazalari va xokazolar. 
Yuqoridagi tavsif doirasida munosabatlar tartibini (refleksiya tabaqasini) 
yanada davom ettirish mumkin, lekin ushbu ish maqsadlarida refleksiyaning 
ikkinchi tabaqasi bilan cheklanishimiz yetarli. 


47 
Qayd etish lozim-ki, baholash va refleksiya jarayonlari faqatgina loyixa 
(ilmiy, amaliy, badiiy yoki o‘quv loyixa) ning refleksiv fazasiga xos emas, - faoliyati 
jarayonida sub’ekt ham erishilgan oraliq natijalarning doimiy baholashini, ham 
ushbu faoliyati natijalariga nisbatan, o‘z faoliyatining texnologiyasiga nisbatan, 
boshqa sub’ektlar tomonidan texnologiyalar va natijalarni baholashga nisbatan, va 
xokazolarga nisbatan refleksiyani amalga oshiradi. 
Keling, tadqiqotning refleksiv fazasiga qaytamiz. Uning moxiyati shunda-ki, 
tadqiqotchi (yoki tadqiqotchilar jamoasi) natijalarni olgach, ularga nisbatan 
refleksiyani amalga oshirishi – “orqaga nazar tashlashi” va quyidagilarni anglashi, 
solishtirishi, dastlabki va oxirgi holatlarini baholashi kerak: 

faoliyat ob’ektini – o‘z natijalarini baholash

faoliyat sub’ektini, ya’ni o‘zini-o‘zi baholash. 
Natijalarni baholash va o‘z-o‘zini baholashga boshqa kasbdosh-olimlar –
taqrizchilar, opponentlar va xokazolar tomonidan tadqiqotni joriy va yakuniy 
baholashlari anchagina katta ta’sir qiladi. Chunonchi, har qanday dissertatsiya 
ta’rifan muallifning yakka ishi bo‘lgani holda, shu bilan birga, u amalda doimo 
uning muxokamasida qatnashgan ko‘pgina kishilar (ilmiy raxbar, laboratoriya yoki 
kafedra xodimlari)ning fikrlarini hisobga oladi, ya’ni u, qaysidur ma’noda, jamoaviy 
ijodning mevasi bo‘lib hisoblanadi. 
Tadqiqot natijalarini o‘z tomonidan baholashga ularni ilmiy hamjamiyat 
va/yoki amaliyotchilar hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishi (yoki etilmasligi) katta 
ta’sir qiladi. Buning uchun zaruriy shart bo‘lib natijalarni chop qilish hisoblanadi. 
Lekin hamma natijalar ham chop qilinavermaydi. Eng sodda va nomunosib 
yo‘l bu – qo‘lyozmalarni deponirlash hisoblanadi. Garchi deponirlangan qo‘lyozma 
ham chop qilingan hisoblansa-da, bu qo‘lyozmalarni amalda birov o‘qimaydi. 
Maqolalarni chop qilish masalasi – yana o‘sha maqolani qaerda chop 
qilinishiga bog‘liq. Qay biri yaxshi - birinchi variant – maxalliy oliy o‘quv yurtining 
tiraji 100-200 dona bo‘lgan ilmiy ishlar to‘plamida chop qilishmi yoki ikkinchi 
variant – butun mamlakat bo‘ylab tarqatiladigan markaziy jurnallardan birida chop 
qilishmi? Albatta ikkinchi variant yaxshiroq. har bir jurnalning o‘z taxrir xay’ati 
mavjud, va u ushbu maqolani jurnalda chop qilish qarorini qabul qilgan bo‘lsa, - 
demak maqolaning materiali ilmiy yoki amaliy qiziqish uyg‘otgan. Xuddi shu hol 
tadqiqot natijalarining jamiyat tomonidan e’tirof etilishi shakli hisoblanadi. 
Xuddi shu narsalar kitoblarga – monografiyalar, o‘quv va metodik 
qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar va xokazolarga ham tegishli. Ko‘p narsa kitob 
o‘quvchiga qanday yetib borishiga, u qaerda tarqatilishga bog‘liq. Avvallari muallif 
uchun o‘z kitobini muayyan markaziy nashriyotda chop qilish katta qiyinchilik 
tug‘dirar edi. Lekin agar nashriyot kitobni chop qilishga qabul qilgan bo‘lsa, muallif 
uning keyingi taqdiri xaqida bosh qotirmasa ham bo‘laverar edi – kitob-savdo 


48 
tarmog‘i orqali kitob barcha joyga tarqatilar edi va ham ilmiy, ham amaliyot 
xodimlari uchun topilishi oson bo‘lgan. 
Xozirda vaziyat o‘zgargan. Kitob chop qilish anchagina oson bo‘lib qoldi. 
Xozirda boshqa narsa muhim bo‘lib qoldi – uning tarqatilishi – u qaerda va qanday 
sotiladi va u qanday xarid qilinmoqda. Endi sotilgan kitoblar soni - tadqiqot natijalari 
jamiyat tomonidan e’tirof etilishining ko‘rsatkichi bo‘lib qolmoqda. 
Xa aytgancha, G‘arbda yozuvchilarga ham, olimlarga ham nashriyotlar 
mualliflik qalam xaqini kitob tirajining hajmiga qarab emas – chunki kitobni xarid 
qilmasliklari ham mumkin, - balki aynan sotilgan kitoblar soniga proporsional 
ravishda to‘laydilar. 
Oxirgi paytlarda elektron nashrlar, xususan Internetdagi elektron nashrlar 
tobora ommalashmoqda
2

Chop qilingan ilmiy ishlarning “zarurati” ko‘pincha materialning aniqligi, 
bayon etilishining soddaligi, uni taqdim etish shakliga bog‘liq. Bunda muallifga, 
odatda, material qanday yo‘sinda, qanday shaklda taqdim etilsa o‘quvchilar ushbu 
nashrni iliq kutib olishini oldindan topish qiyin. har bir tajribali olim buni biladi. 
Ba’zida shunday bo‘ladi-ki, muallif jiddiy ishni, uzoq va qiyin mexnat natijasini 
chop qiladi – ilmiy ishni esa me’yorida, xotirjam qabul qilishadi. Yana shunday 
holat bo‘ladi-ki, maqola bir zumda, atigi bir kechada yoziladi va bunda natijalar 
xatto muallif uchun ham kutilmagan rakursda taqdim etiladi – ilmiy ish keng 
jamoatda shov-shuv bo‘ladi. 
Bajarilgan tadqiqotning jamiyat tomonidan e’tirof etilishi fakti bo‘lib 
kandidatlik, doktorlik dissertatsiyasining muvaffaqiyatli himoya qilinishi holati 
hisoblanadi. Keyinchalik, ma’lum vaqt o‘tgach, tadqiqotni baholashning iqtiboslik 
kabi shakli “ishlay” boshlaydi, u boshqa mualliflar ushbu tadqiqotga qanchalik ko‘p 
murojaat qilishlarini ko‘rsatadi. To‘g‘risi, ushbu ko‘rsatkich biroz formal 
hisoblanadi. Chunki hamma ilmiy ishlar ham o‘quvchilarning keng ommasiga yetib 
bormaydi-ku. Bu sof nazariy ilmiy ish yoki muayyan tor sohadagi muammo 
bo‘yicha tarixiy tadqiqot ishi va xokazo bo‘lishi mumkin-ku. Lekin baribir, ko‘p 
mamlakatlarda olimning obro‘si, shu jumladan, uning ish xaqi uning iqtiboslik 

Download 442.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling