4-MAVZU. TADQIQOT JARAYONI BOSQICHLARI
Reja:
1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi
2. Tadqiqotning texnologik fazasi
3. Tadqiqotning refleksiv fazasi
1. Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi
Ilmiy faoliyat sikli sifatida ilmiy-tadqiqot loyihasi uchta asosiy fazani o‘z
ichiga oladi: loyihalash, texnologik va refleksiv. Shunga ko‘ra, tadqiqot jarayonini
ushbu mantiqiy tuzilmada ko‘rib chiqamiz:
tadqiqotni loyihalash;
tadqiqotni
o‘tkazish, shu jumladan
uning natijalarini loyihalash; baholash va o‘z-o‘zini
baholash, refleksiya.
Tabiiyki,
tadqiqot jarayonining fazalar, pallalar va bosqichlarga bo'linishi
biroz shartli xarakterga ega. 1- jadvalga qarang (tadqiqotning muvaqqat tuzilmasi).
1-jadval.
Tadqiqotning fazalari, pallalari va bosqichlari
FAZALAR
PALLALAR
BOSQICHLAR
Loyihalash
fazasi
Kontseptual
palla
Qarama-qarshiliklarni aniqlash
Muammoni shakllantirish
Tadqiqot maqsadini aniqlash
Mezonlarni shakllantirish
Modellashtirish
pallasi
(gipotezani qurish)
1. Gipotezani qurish;
2. Gipotezaga
aniqlik
kiritish
(konkretlashtirish).
Tadqiqotni
konstruksiyalash
pallasi
1. Dekompozitsiya
(tadqiqot
vazifalarini belgilash);
2. Sharoitlarni
(resurs
imkoniyatlarini)
tadqiq qilish;
3. Tadqiqot dasturini qurish.
Tadqiqotni texnologik tayyorlash pallasi
Texnologik
faza
Tadqiqotni amalga
oshirish pallasi
Nazariy bosqich
Empirik bosqich
Natijalarni
rasmiylashtirish
pallasi
1. Natijalarni sinovdan o‘tkazish;
2. Natijalarni rasmiylashtirish.