4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi
Download 442.98 Kb. Pdf ko'rish
|
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Yangi ilmiy natijalar olinishining variantlari
1-rasm. Eyler-Venn diagrammalari.
“Birlashtiruvchi” ko‘plikni topish. 14 Qoidaga ko‘ra, bunday birlashtiruvchi predmetli sohani aniqlashning iloji bor. Keling, bunday izlanishning taxminiy “algoritmi”ni tasvirlashga urinib ko‘ramiz. Dastavval umumiy holda savol qo‘yamiz – umumlashtiruvchi tadqiqot uchun asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi natijalar qaerdan paydo bo‘ladi? Uch shartli yassilikni tasavvur qilamiz (2-rasmga qarang): predmetli sohalar yassiligi; bilish metodlari va bilish vositalari yassiligi – ularni bir umumiy nom – “texnologiyalar” (bilimlar) deb ataymiz; natijalar yassiligi. Yangi natijalar quyidagi hollarda olinishi mumkin: 1. Yoki yangi (2-rasmda “yangilik” to‘q rangda belgilangan), avval o‘rganilmagan predmetli soha tadqiq qilinganda (2a-rasm); 2. Yoki avval tadqiq qilingan predmetli sohaga yangi texnologiyalar – bilishning metodlari yoki vositalari – qo‘llanilganda (2b-rasm); masalan, qandaydir predmetli soha tadqiqotiga yangi tadqiqot yondashuvi qo‘llanilsa, yoki ilmiy bilimlarning boshqa sohasidan qandaydir nazariya qo‘llanilsa (avval qayd etilganidek, nazariya - bilish metodi rolida kelishi mumkin), yoki mazkur predmetli soha tadqiqotiga nisbatan avval qo‘llanilmagan qandaydir matematik apparat (bilish vositasi rolida) qo‘llanilsa, yoki yangi moddiy vositalar - masalan, yangi asbob- uskunalar yoki yangi til vositalari qo‘llanilsa va xokazo. 3. Yoki bir vaqtning o‘zida yangi predmetli soha yangi texnologiyalarni qo‘llash orqali tadqiq qilinganda (2c-rasm) . 2-rasm. Yangi ilmiy natijalar olinishining variantlari 15 Shunisi qiziq-ki, ilm-fanning ba’zi tarmoqlarida tadqiqotchilarni ikki toifaga bo‘lish qabul qilingan. 1-toifadagilar shartli ravishda “gaykachilar” deb ataladi (ular go‘yoki “gaykalarni bo‘shatadilar” – yangi predmetli sohalarni tadqiq qiladilar). 2- toifadagilar shartli ravishda “klyuchchilar” deb ataladi (ular bilishning yangi texnologiyalarini qo‘llaydilar, ya’ni go‘yoki “gaykalarni bo‘shatish uchun yangi klyuchlarni topadilar”). Tadqiqotchi o‘zi uchun aniq belgilab olishi kerak – bu variantlardan qaysi biri uning niyat-maqsadlariga va erishilgan natijalarga mos keladi? Yana bir variant (2-rasm), aniq-ki, aslini olganda, mumkin emas – o‘rganib bo‘lingan predmetli sohani tadqiq qilib va avvaldan ma’lum bo‘lgan texnologiyalarni qo‘llab yangi natijalarni olish, yirik umumlashtirishlar qilish mumkin emas. Quyidagi qonuniyatni ajratib olish mumkin – predmetli soha qanchalik keng bo‘lsa, uning uchun umumiy ilmiy natijalarni olish shunchalik murakkab bo‘ladi. Matematikada ushbu samara eng yorqin holda namoyon bo‘ladi: har qanday formal fikr (masalan, teorema) ikki qismdan iborat bo‘ladi – gipotezalardan (“...bo‘lsin”) va natijalardan (xulosa: “Unda...”). Bunda qanchalik kuchli gipotezalar (shartlar, cheklovlar) kiritilsa, bir xil natijani isbot qilish shunchalik oson bo‘ladi, yoki shunchalik chuqur (yorqin) natijalarni olish mumkin bo‘ladi. Fanlarni kuchli va kuchsiz versiyali fanlarga ajratish nuqtai nazaridan ushbu qonuniyatni quyidagicha ifodalash mumkin: nisbatan “kuchsiz” fanlar cheklovchi gipotezalarni eng minimal miqdorda kiritadilar (yoki umuman kiritmaydilar) va eng xira, aniq bo‘lmagan natijalarni oladilar, “kuchli” fanlar esa, aksincha, - ko‘pgina cheklovchi gipotezalarni ilgari surishadi, o‘ziga xos, maxsus ilmiy tildan foydalanishadi, va shu bilan birga aniqroq (va ko‘pincha asosliroq) natijalarni oladilar, ammo foydalanish sohasi ancha toraygan bo‘ladi (aniqrog‘i – kiritilgan gipotezalar bilan aniq cheklangan bo‘ladi). Kiritiladigan gipotezalar (shartlar) ulardan kelib chiqadigan natijalarning qo‘llanilish (adekvatlik) sohasini cheklaydi. Masalan, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni boshqarish sohasida matematika (operatsiyalarni tadqiq qilish, o‘yinlar nazariyasi va boshqalar) samarali yechimlarni bera oladi, ammo ularning qo‘llanilish (adekvatlik) sohasi tegishli modellarni qurishda kiritiladigan aniq gipotezalar bilan anchagina cheklangan. Boshqa tomondan qaralganda, xuddi o‘sha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni boshqarish muammolari bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy va gumanitar fanlar deyarli gipotezalar kiritmaydilar va “universal retseptlar”ni (ya’ni ularning ishlatilish, adekvatlik sohasi keng) taklif qiladilar, ammo ushbu “retseptlar”ning samaradorligi sog‘lom fikrlashdan yoki ijobiy amaliy tajribani umumlashtirgan eng zo‘r amaliyotdan farq qiladi. Chunki tegishli tadqiqotsiz, bir vaziyatda samarali 16 bo‘lgan boshqaruv qarori boshqa, xatto eng “yaqin” vaziyatda bo‘lsa ham, shunday samarali bo‘ladi, deb kafolat berish mumkin emas. Shuning uchun turli fanlarni shartli ravishda “Natijalarning asoslanganligi” – “Natijalarni qo‘llash (adekvatlik) sohasi” yassiligida joylash mumkin va (yana shartli ravishda, V.Geyzenbergning noaniqlik prinsipiga o‘xshatish yo‘li bilan) quyidagi “noaniqlik prinsipini” ifodalash mumkin: ilm-fanning joriy rivojlanganlik darajasi natijalarning “asoslanganligi” va ularning qo‘llanilish sohalariga.bo‘lgan ma’lum birgalikdagi cheklovlar bilan tavsiflanadi – 5.3-rasmga qarang. Boshqacha qilib aytganda, shartli ravishda shuni ta’kidlash mumkin-ki, qo‘llanilish sohalari va natijalarning asoslanganligi “ko‘paytmasi” ma’lum konstantadan ko‘p bo‘lmaydi – bir “ko‘paytiruvchi”ning ko‘payishi albatta ikkinchisining kamayishiga olib keladi. Albatta, yuqorida aytilganlar “rivojlanishning imkoni yo‘q” degani emas – har bir muayyan tadqiqot yoki “asoslanganlik”ning, umumiylikning ko‘payishi tomoniga, yoki/va qo‘llanilish sohasining (adekvatlikning) kengayishi tomoniga oldinga siljish hisoblanadi. Chunki ilm-fan rivojining butun tarixi umuman, 3- rasmda keltirilgan egri chiziqning o‘ngga va yuqoriga siljishi tasviri hisoblanadi (tengsizlikning o‘ng tarafidagi konstantaning ko‘payishi). Download 442.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling