4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi
Download 442.98 Kb. Pdf ko'rish
|
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари
4-rasm. Eyler-Venn diagrammalari.
18 Ko‘pliklar ustidan «Bazaviy» operatsiyalar. C) holati. Ko‘pliklar birlashtirilishi (analogi – predmetli soha ikki predmetli sohalarning umumiy elementlarida tashkil topadi). Bu umumlashtirishning tipik misoli, bunda ikkita, predmetli sohalar bo‘yicha kesishuvchi nazariyalarni birlashtiruvchi nazariya paydo bo‘ladi. Mazkur holat, (B-holati singari) odatda evolyusiyaviy rivojlanish uchun xosdir, ammo nazariya rivojlanishining revolyusiyaviy laxzalarini ham aks ettirishi mumkin (hammasi predmetli sohalarning o‘lchoviga bog‘liq). Fizika fanidan misol bo‘lib 20-asrning 60-yillarida Yang va Mills tomonlaridan yaratilgan, elektrli magnit va kuchsiz o‘zaro ta’sirni yagona nuqtai nazardan tavsiflovchi elektrli kuchsiz o‘zaro ta’sir nazariyasi hisoblanadi. Agar A)–C) variantlar predmetli sohaning kengayishiga mos kelsa, L)-H) variantlar esa torayishiga mos keladi. Tadqiqot predmeti torayganligi uchun, bu holatlarda yangi ilmiy natijalarni olish uchun, qoidaga ko‘ra, yangi yondashuvlar, metodlar va bilish vositalarini qo‘llash zarur. D) holati. Ko‘pliklarning kesishuvi (analogi – predmetli soha ikki predmetli sohalarning umumiy elementlarida tashkil topadi.) Ushbu holat yo (predmetli sohaning torayishi hisobiga) tegishli predmetli sohalarda olingan natijalarga ko‘ra chuqurroq natijalar olinishiga (bu hol ekzotik holga yaqin, ya’ni ro‘y berishi qiyinroq), yo natijalarni (odatda – tadqiqot metodlarini – 5.2v-rasmga qarang) bir predmetli sohadan ikkinchi predmetli sohaga o‘tkazilishiga, yo bir predmetli sohada olingan natijalarni boshqa bir predmetli soha iboralarida mazmunli talqin etilishiga mos keladi. Bunga misol qilib, 20-asrning boshlarida o‘sha paytga kelib ancha rivojlangan differensial tenglamalar apparatining (ungacha asosan fizika va texnikada qo‘llanilgan) ekotizimlarni tavsiflashda – biologik populyatsiyalarning o‘zaro ta’siri dinamikasida, biologik turlar raqobatida va boshqalarda muvaffaqiyatli qo‘llanilishi holatini keltirishimiz mumkin. F) holati. Ko‘pliklar ayirmasi (analogi – predmetli soha bir predmetli sohadan boshqa predmetli soha elementlarini chegirib tashlashdan tashkil topadi). J) holati. Ko‘pliklarning simmetrik ayirmasi (analogi – predmetli soha ikki predmetli sohalarning kesishmaydigan elementlarida tashkil topadi). F) va J) holatlari mazmunan predmetli sohaning cheklanishiga mos keladi, bunda tadqiqot predmeti sifatida masalan, faqat tegishli xossaga ega va muqarrar boshqa xossaga ega emas ob’ekt (f variant) yoki ikki xossalardan faqat va faqat bittasiga ega ob’ekt (e variant) tanlanadi. Masalan, shaxsning nafaqaga ketganidan keyingi adaptatsiya jarayoni tadqiq qilinadi (f holatidagi dastlabki ko‘pliklar – nafaqaxo‘rlar ko‘pligi va ishlovchilar ko‘pligi; ishlamaydigan nafaqaxo‘rlar ko‘pligi to‘q rangda berilgan). J) holati uchun misol qilib ma’lum kasallikni davolashda ikki xil dorilarning solishtirma samaradorligining tibbiy-biologik tadqiqotini keltirishimiz mumkin. 19 Bunda bu ikki dorilarning bir vaqtda qo‘llanilishi holatiga yo‘l qo‘yilmaydi. H) holati. Ko‘plikning torayishi (analogi – predmetli sohadan yangi predmetli soha sifatida muayyan bir xil xossalarga ega bo‘lgan elementlarning ma’lum bir majmui chiqarib olinadi). Bunday holat kuchli versiyali fanlar uchun tipik hisoblanadi, bunda mavjud natijalar kuchliroq (cheklovchi) gipotezalar kiritilishi hisobiga kuchaytiriladi (shuningdek, 5.3-rasmdagi “noaniqlik prinsipining” tasvirlanishiga qarang). Masalan, ixtiyoriy tartibdagi algebraik tenglamalar uchun ularning yechimini topishning raqamli metodlari mavjud. Tenglamalarning uchinchi tartibidan oshmaydigan, torroq predmetli soha uchun esa yechimini topishning analitik metodlari mavjud. K) holati. Ikki kesishmaydigan ko‘pliklar. Bunday holatga, shubxasiz, Download 442.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling