4-mavzu. Tadqiqot jarayoni bosqichlari reja: Tadqiqotlarni loyihalashtirish bosqichi Tadqiqotning texnologik fazasi
Download 442.98 Kb. Pdf ko'rish
|
4 мавзу Тадқиқот жараёни босиқчлари
tadqiqot ob’ekti bo‘lib bilishga ishtiyoqmand sub’ektga uning bilish faoliyatida
ro‘baro‘ bo‘ladigan narsa hisoblanadi. Ya’ni, bu - tadqiqotchi ish olib boradigan, atrofdagi voqe’likdir. Tadqiqot predmeti bu - tadqiqotchi butun bir ob’ektni o‘rganadigan tomon, jixat, nuqtai nazar, “proeksiya”, bunda (tadqiqotchining fikri bo‘yicha) ob’ektning eng ahamiyatli belgilari ajratib olinadi. Bir ob’ekt turli tadqiqotlar yoki xatto turli butun bir ilmiy yo‘nalishlarning izlanish predmeti bo‘lishi mumkin. Xususan, “o‘quv jarayoni” ob’ekti didaktiklar, metodistlar, psixologlar, fiziologlar, gigienachilar va boshqalar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Bunda ularda barchasida tadqiqot predmeti turlicha bo‘ladi. Shuningdek, bir tadqiqotning predmeti boshqa bir (torroq) tadqiqotning ob’ekti bo‘lib ham xizmat qilishi mumkin. Masalan, “xayot sifati” deb nomlangan ob’ekt tibbiyotda, iqtisodiyotda, sotsiologiyada va boshqalarda o‘rganiladi. Bu ob’ektning “axolining sixat-salomatligi” deb nomlangan jixati bir tomondan tibbiyot uchun tadqiqot predmeti bo‘lib hisoblanadi, ikkinchi tomondan esa “sog‘liqni saqlashni tashkil etish” singari tibbiyot fanlari tarmog‘ida tadqiqot ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Keling, tadqiqot (bilish) ob’ekti va predmetining o‘zaro nisbatlarini sinchiklab ko‘rib chiqamiz. Bilish predmeti bilish ob’ekti bilan o‘tkaziladigan ma’lum bilish operatsiyalari natijasida shakllanadi. Bilish predmeti bu mazkur fan tomonidan o‘rganiladigan va ma’lum mantiqiy hamda belgili shakllarda ifodalangan xossalar – aloqalar va qonunlar majuasidir. Bu bilan bilish predmeti bilish ob’ektidan farq qiladi, oxirgisi bilishga ishtiyoqmand sub’ektga bog‘liq bo‘lmagan holda tabiatda, kishilarda yoki jamiyatda mavjud bo‘ladi. 10 Shuningdek, bilish predmeti bilish ob’ektidan shunisi bilan farq qiladi-ki, bitta ob’ekt ko‘pgina fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin, ulardan har biri albatta o‘zining o‘ziga xos bilish predmetiga ega bo‘ladi. Masalan, kosmik ob’ektlar astronomiya, astrofizika, astrobotanika va boshqa fanlar tomonidan o‘rganiladi. Bilish ob’ekti sifatida jamiyat tarix, siyosiy iqtisod, falsafa, demografiya va boshqa fanlar tomonidan o‘rganiladi. Bu barcha fanlar o‘zining o‘ziga xos bilish predmetiga ega. Bilish predmeti va ob’ekti bir-biridan, shuningdek, o‘zining strukturasi bo‘yicha ham farq qiladi. Bilish ob’ektining strukturasi bo‘lib mazkur ob’ekt asosiy tarkibiy elementlarining o‘zaro munosabati hisoblanadi. Asosiy tarkibiy elementlarning bunday o‘zaro munosabati natijasida ob’ektning turli xususiyatlari, aloqalari va uning rivojlanish qonuniyatlari paydo bo‘ladi. Garchand bilish predmetining strukturasi ma’lum darajada ob’ektning strukturasi bilan determinatsiya (lot. determinatio — chegara, xulosa, belgilash) qilinsa ham, bu determinatsiya qat’iy emas. Bilish predmetining strukturasi nisbatan mustaqil hisoblanadi. Bu strukturaning asosiy elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: birinchidan, o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risidagi fanning rivojlanish tarixi; ikkinchidan, bilish jarayonida ma’lum mantiqiy shakllarda o‘z ifodasini topgan ob’ektning muhim xossalari hamda rivojlanish qonunlari; uchinchidan, bilish predmetining shakllanishi jarayonida ishlatiladigan mantiqiy apparat va metodlar. Bilish predmetining strukturasi predmet shakllanishi ro‘y beradigan bilish darajasiga juda bog‘liq. Empirik darajada bilish predmeti ob’ekt bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bu darajadagi barcha bilish operatsiyalari kuzatish, o‘lchash va boshqalar kabi metodlar yordamida amalga oshiriladi. Bu metodlar yordamida o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risidagi barcha empirik axborotning qayd qilinishi, ro‘yxatga olinishi, solishtirilishi, tasniflanishi ro‘y beradi. Ushbu axborotga muvofiq empirik bilish predmeti quyidagilarni o‘z ichiga oladi: birinchidan, o‘rganilayotgan ob’ekt xatti-xarakatiga tegishli barcha qayd qilingan faktlarni; ikkinchidan, o‘rganilayotgan ob’ektning turli xossalari va aloqalarini o‘lchashning barcha natijalarini; uchinchidan, belgilar va belgili shakllarni, ular yordamida empirik axborot qayd qilinadi; to‘rtinchidan, empirik o‘rganish jarayonida o‘rganilayotgan ob’ektning bunday xossalari va aloqalari o‘zgarishi, rivojlanishi, paydo bo‘lishi va yo‘qolishi to‘g‘risidagi barcha statistik ma’lumotlarni. Bundan kelib chiqadi-ki, bilishning empirik darajasidayoq o‘rganish predmeti o‘rganish ob’ekti bilan mos kelmaydi. Bilish predmeti bu yerda faqatgina qayd qilish, tasniflash, aks ettirish va belgili shakllar yordamida ifodalashga erishilgan xodisalar, ularning xossalari va aloqalarini ifodalaydi holos. Bularning barchasi shundan dalolat beradi-ki, empirik darajadayoq bilish predmetining aloxidalashuvi ro‘y beradi. Bu darajada bilish predmeti va ob’ekti o‘rtasidagi aloxidalashuv 11 o‘rganilayotgan xodisalar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar, ularni ifodalashning mantiqiy vositalari, avvalgi olingan bilimlar orqali ro‘y beradi, bular asosida barcha empirik bilish operatsiyalari amalga oshiriladi. Nazariy darajada bilish predmetining yanada aloxidalashuvi ro‘y beradi. Bilish predmeti ob’ektdan tobora uzoqlashadi, abstraktlashadi. Nazariy darajada empirik ma’lumotlarning taxlili amalga oshiriladi. Bu ma’lumotlar asosida o‘rganilayotgan xodisalarning, ularning xossalarining va aloqalarining moxiyati ochib beriladi, o‘rganilayotgan ob’ektlarning rivojlanish qonuniyatlari, ilmiy gipotezalar va nazariyalar shakllantiriladi, ilmiy bashoratlash amalga oshiriladi. Nazariy darajadagi bilish operatsiyalari ma’lum darajada shu miqyosdagi bilish predmetining o‘ziga xosliklarini keltirib chiqaradi. Endi bilish predmeti o‘rganilayotgan ob’ektning eng ahamiyatli va eng yorqin belgilari hamda xossalarini qamrab oladi, ifodalaydi. Endi u aniq bir xodisalar bilan emas, balki bu xodisalarning rivojlanish qonuniyatlari bilan bog‘liq. Ob’ektlarning rivojlanish qonunlari, ilmiy gipotezalar va nazariyalar nazariy darajadagi bilish predmetining asosiy o‘ziga xos belgilarini tashkil qiladi. “Bilish ob’ekti” va “bilish predmeti” tushunchalari bilish jarayonida bir xil bo‘lmagan funksiyalarni bajaradi. “Bilish ob’ekti” tushunchasi o‘rganilayotgan xodisalarning, ularning xossalari, aloqalari va rivojlanish qonunlarining ob’ektiv mavjudligini ifodalaydi, qayd qiladi. “Bilish ob’ekti” tushunchasi tadqiqotchilarni o‘rganilayotgan ob’ektning ahamiyatli, muhim, ob’ektiv tomonlarini turli shakllarda eng to‘la va har tomonlama aks ettirishga chorlaydi. Bu ob’ektiv tomonlar bilimlarda qanchalik to‘laroq va aniqroq aks ettirilsa, shunchalik bu bilim ilmiy mazmuni bo‘yicha chuqurroq bo‘lib boraveradi. “Bilish ob’ekti” tushunchasi bizning bilimlarimizning mazmunini tushuntirish, talqin qilish uchun boshlang‘ich tushuncha bo‘lib namoyon bo‘ladi. “Bilish predmeti” tushunchasi eng avvalo doirasida u yoki bu ob’ekt o‘rganilayotgan chegaralarni aniqlab beradi. Bu tushunchada ilmiy bilimlarga kiritilib bo‘lingan va ma’lum mantiqiy shakllarda ifodalangan, o‘rganilayotgan ob’ektning xossalari, aloqalari va rivojlanish qonunlari ifodalanadi va qayd qilinadi. U yoki bu fanning o‘z predmeti chegaralaridan chiqib ketishi yo mazkur fanning boshqa fanlar sohasiga asossiz aralashuvini, yo mazkur fandan keyinchalik o‘z o‘rganish predmetini shakllantirishi mumkin bo‘lgan yangi ilmiy yo‘nalishlarning ajralib chiqqanligini anglatadi. Bunga ijobiy misol qilib boshqa, ma’lum rivojlanish darajasiga yetgan fanlar kesishmasida paydo bo‘lgan fizikaviy ximiya, molekulyar biologiya va boshqa fanlarni keltirishimiz mumkin. Salbiy misol sifatida asoslanmagan analogiyalarni qo‘llash va/yoki tadqiqotlar predmetini asossiz kengaytirib yuborishni keltirishimiz mumkin. Qizig‘i shunda-ki, bunday xatoga sust versiyadagi fanlar namoyondalari 12 ham (masalan, bir ta’lim muassasasida pedagogik tajriba o‘tkazgan tadqiqotchi u olgan natijalar har qanday ta’lim muassasasida kuchga ega, deb ta’kidlaydi, - o‘rganish predmetini asossiz kengaytirib yuborishga, natijalarni bir predmetdan boshqa bir predmetga asossiz ko‘chirishga misol), kuchli versiyadagi fanlar vakillari ham yo‘l qo‘yadilar (olim-matematik o‘zi yaxshi o‘zlashtirib olgan apparatni unga yangi bo‘lgan predmetli sohada, bu sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olmasdan qo‘llagan ishlarni uchratishimiz mumkin – bu yerda biz asoslanmagan analogiyalarni qo‘llash misolini ko‘ryapmiz). Ikkala holatda ham olinadigan natijalarning odilligi asosli shubxa uyg‘otadi. Bilish predmetida u yoki bu fanning bilish vazifalari mujassamlangan holda ifoda etiladi, ilmiy izlanishning asosiy yo‘nalishlari, hamda tegishli bilish vazifalarini mazkur fanning vositalari va metodlari bilan yechish imkoniyatlari belgilanadi. Chunki u yoki bu tadqiqotchi “nima bilan shug‘ullanayotganligini” aniq tavsiflash uchun uning tadqiqotlari predmetini va u qo‘llayotgan metodlarni ko‘rsatish kifoya. U yoki bu fanning intensiv rivojlanish davrlari yo uning predmeti kengaygan vaqtlarga, yo yangi metodlar paydo bo‘lgan vaqtlarga to‘g‘ri keladi. Misol sifatida kuzatuvlar metodi bilan yulduzli osmonni o‘rgangan astronomiyani keltirish mumkin. O‘z predmetini kengaytirgach (o‘z muammolari qatoriga Koinot va uning elementlari paydo bo‘lishi, mavjud bo‘lish va rivojlanish qonunlarini tushuntirishni kiritgan holda), u astrofizikaga aylandi. Astrofizikaning rivojlanishidagi sakrashlar yo yangi nazariyalar paydo bo‘lishi va ularning tajribalarda isbotlanishiga (masalan, 20-asrning 20-yillarida Koinotning kengayishi ochilishi), yo yangi eksperimental uskunalarning paydo bo‘lishiga (masalan, radioteleskopning kashf qilinishi) mos keladi. Tadqiqot predmetining ta’rifi yo‘q bo‘lgan paradoksal salbiy misol bo‘lib “operatsiyalar tadqiqoti” deb nomlangan ilmiy yo‘nalish hisoblanadi. Bu amaliy matematikaning bir sohasi bo‘lib, u operatsiyalarni modellashtirish amaliy matematik masalalarini – iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ijtimoiy tizimlar xodisalari va boshqa xodisalarni yechishni o‘rganadi. Ilm-fandagi ushbu yo‘nalishga ko‘p sonli tadqiqotlar bag‘ishlangan, xatto aloxida ilmiy mutaxassislik ajratilgan, lekin, afsus, mualliflardan xech biri bu “fan” ning predmetini aniq ta’riflab bermadi – hammasi olimlar bugungi kunda yecha oladigan aloxida masalalar to‘plamiga qadalmoqda. Va bunday vaziyat ko‘pgina ilmiy yo‘nalishlarga xos, ularning chegaralari bilish predmeti, aniq ko‘rsatilgan predmetli soha bilan emas, balki olinib bo‘lingan nazariy (ba’zan yakka-yakka) natijalar majmui bilan belgilanadi. Undan tashqari, bugungi kunda oliy o‘quv yurtlari uchun ko‘pgina “yangi” o‘quv kurslari bo‘yicha darsliklarni uchratish mumkin, ularda tegishli fanning tadqiqotlar predmeti ta’rifi umuman keltirilmagan (ilmiy etika me’yorlaridan kelib chiqib aniq misolni keltirmaymiz). 13 Shunday qilib, bilishning ob’ekti va predmeti o‘rtasidagi dialektik o‘zaro nisbat tadqiqot jarayonida birinchi darajali ahamiyatga ega. U tadqiqot jarayonida shakllanadigan bilimlar mazmunini ilmiy talqin qilish hamda doirasida mazkur fan o‘z vositalari va metodlari bilan ob’ektiv xodisalar, ularning xossalari, aloqalari va rivojlanish qonunlarini o‘rgana oladigan chegaralarini qat’iy belgilab olish imkonini yaratadi. Ko‘rinib turibdi-ki, tadqiqotning ob’ekti va predmetini to‘g‘ri aniqlab olish yengil masalalardan emas. Aloxida tadqiqotlarning katta turkumini bajargan bir muallifningko‘p yillik tadqiqotlari mevasi bo‘lgan, yoki butun bir tadqiqotchilar jamoasi ishining natijasi bo‘lgan, yoki ikkalasi birgalikda bajargan yirik, umumlashtiruvchi tadqiqotlar o‘tkazilishi holatida bu masala yanada murakkablashadi. Bunday holatda, umumlashtiruvchi tadqiqotning ob’ekti va predmetini aniqlashdan oldin, uning predmetli sohasini aniq belgilab olish lozim. Bunday umumlashtiruvchi tadqiqotga kirishgan tadqiqotchida yagona butun holatga birlashtirish qiyin bo‘lgan turli ko‘p sonli va turli qirrali natijalar xosil bo‘ladi. Endi uzoq vaqt davom etadigan izlanishlar boshlanadi: qanday predmetli soha, mavzuning qanday ifodalanishi, qanday konsepsiya barcha to‘plangan natijalarni yoki xech bo‘lmasa ularning katta qismini yagona butun holatga birlashtira oladi? Chunki ko‘pincha shunday bo‘ladi-ki, natijalarning bir qismi yagona o‘zanga tushmaydi va ularni tashlab yuborishga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga ba’zan aniqlanadi-ki, - kerakli natijalardan nimadir yetishmayapti va tadqiqotni davom ettirish kerak. Shu o‘rinda “Ko‘pliklar nazariyasi”dan quyidagi o‘xshashlik (analogiya) ni keltirishni lozim deb topdik (5-rasm - Eyler-Venn diagrammalari). Tasavvur qiling, aloxida-aloxida natijalar – “ko‘pliklar” - mavjud: 1, 2, 3, 4 va xokazo (1a-rasmga qarang). Ular bir-birini qisman “yopishi” mumkin. Vazifa shundan iborat-ki, o‘z ichiga aloxida ko‘pliklarning barchasini yoki xech bo‘lmaganda ularning ko‘p qismini olgan shunday bir umumiy ko‘plikni - birlashtiruvchi ko‘plikni topish kerak. Ba’zan ma’lum yakuniy predmetli sohaga tegishli bo‘lmagan aloxida natijalarni “tashlab yuborish”ga to‘g‘ri keladi (1b- rasmdagi 8- va 9-ko‘plik). Download 442.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling