4-Мавзу: Тупрок хосил килувчи омиллар ва уларнинг ахамияти


< 0,01 – «fizik loy», > 0,01 – «fizik qum» deyiladi. 7. Tuproq qovushmasi


Download 381 Kb.
bet10/25
Sana04.02.2023
Hajmi381 Kb.
#1161236
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Tuproqlar geografiyasi 2 KURS

< 0,01 – «fizik loy», > 0,01 – «fizik qum» deyiladi.
7. Tuproq qovushmasi zarra va struktura bo`lakchalarining zichligi, xususiyati va darajasidir. U juda zich, g`ovak, sochilma holatdagi qovushmalar bo`ladi. Juda zich (quyma) – og`ir mexanik tarkibli, chirindi miqdorini oz, strukturasiz tuproq qatlami. Pichoq unda yaltiroq iz qoldiradi;
Tuproq qovushmasi quyidagi ko`rinishlarda bo`ladi:
Zich qovushmali;
G`ovak qovushmali yengil mexanik tarkibli;
Sochilma qovushma kam chirindili, qumli, mexanik tarkibli, strukturasiz tuproqlardir.
Qovushmaga – kovaklar (yoriqlar): Kovakli, g`alvirakli, teshikli, naysimon, nozik va yirik yoriqli kabilar misol bo`ladi. Kovaklar va yoriqlar 1-10 mm.gacha bo`ladi.
8. Tuproqlarning hajm og`irligi – tabiiy holatda saqlangan ma`lum hajmdagi tuproq og`irligining shunday hajmdagi suv og`irligiga bo`lgan nisbati tuproqning hajm og`irligi deyiladi. U quyidagi formula bilan ifodalanadi:

D1tuproqning hajm og`irligi, g/sm3 hisobida
P – slindrdagi tuproqning og`irligi, g hisobida
r – slindirning hajmi, ml hisobida
Tuproqning hajm og`irligi odatda 1,4-1,5 g/sm3 bo`ladi.
9. Tuproqning solishtirma og`irligi. Ma`lum hajmdagi tuproq qattiq qismi og`irligining shunday hajmdagi suv og`irligiga bo`lgan nisbatiga tuproqning solishtirma og`irligi deb aytiladi. Bu o`rta hisobda 2,5-2,6 bo`ladi.
Tuproqning solishtirma og`irligini quyidagi usullar bilan aniqlash mumkin:
A) Og`irlik usuli. Tuproqning solishtirma og`irligini aniqlash, ma`lum miqdordagi tuproq siqib chiqargan suv og`irligini hisoblashga asoslangan.
B) Hajmiy usul – ma`lum miqdordagi tuproq siqib chiqargan suv hajmini hsioblashga asoslangan.
10. Tuproqning ilashimligi. Tuproq bo`lakchalarining bir-biridan ajralib ketishiga va maydalanishiga sabab bo`ladigan mexanik kuchlarga qarshi tura olish xususiyatiga tuproqning ilashimligi deb aytiladi. U tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi va namlik darajasiga bog`liq bo`ladi. Ilashimlik gilda (loyqada) kuchli, qumoq va strukturali tuproqda esa o`rtacha holatda bo`ladi.
11. Tuproqning yopishqoqligi. Nam tuproqning ish qurollariga yopishib qolishiga tuproqning yopishqoqligi deb aytiladi. Tuproq zarralari qancha mayda va sernam bo`lsa, tuproq shuncha yopishqoq bo`ladi.
Tuproqning ko`pchishi – tuproqning suv ta`sirida o`z hajmini oshirish xossasidir. Bunda tuproq to`liq nam sig`imi holatiga kelguncha unga suv quyiladi va aniqlanadi. Bunday tuproq tez quriydi va yuriladi.
Tuproqning nam sig`imi tuproq qatlam orasida ushlanib qolgan suv miqdoriga aytiladi.


Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling