4-Мавзу: Тупрок хосил килувчи омиллар ва уларнинг ахамияти


X- tuproqning nam sig`imi, % hisobida ; a-


Download 381 Kb.
bet11/25
Sana04.02.2023
Hajmi381 Kb.
#1161236
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
Tuproqlar geografiyasi 2 KURS

X- tuproqning nam sig`imi, % hisobida ;
a-tuproqdagi suvning og`irligi, g hisobida;
H- tuproq og`irligi, g hisobida.
Tuproqning suv xossalari
Tuproqning suvga bo`lgan munosabati uning suv xossalari deyiladi.
Tuproq uchun namlik muhim rol o`ynaydi. Ayniqsa, atmosfera yog`inlarining miqdori, muddati va turi muhim o`rin tutadi. Moskva atroflarida yillik yog`in 700 mm, bug`lanish esa 400 mm. Buxoroda esa yillik yog`in 125-140 mm, yillik bug`lanish esa 200 mm. bu yerda yog`inlar tuproqni yetarlicha namlantirolmaydi. Jala yog`sa, tuproq yuzini qotiradi va uning strukturasini bo`zadi. Sekin, davomli yomg`irlar esa tuproq namligini yaxshilaydi. Qorning tez erishidan ko`ra sekin erishi foydalidir. Qor to`plami tuproq sovib ketishidan va muzlashidan saqlaydi.
Tuproqdagi suvning holati. Tuproqda suv quyidagi ko`rinishlarda uchraydi:
1. Kimyoviy birikma holatida bo`ladi. Bu kristallizatsion suv bo`lib mineral moddalar tarkibiga kirib, tuproq pydo bo`lishida qatnashadi. Faqat yuqori haroratdagina tuproqdan ajralib chiqib ketadi .
2. Bug`simon suv tuproq ichidagi va ustidagi namning bug`lanishidan hosil bo`ladi. Tuproqda bug` diffuziya yo`li bilan, ya`ni bug` ko`p (quyuq) joydan bug` kam bo`lgan joyga harakat qiladi. Atmosfera havosidagi nam kunduzi yuqoriga ko`tariladi, kechasi esa tuproqqa qisman o`tadi. Bug`simon suvning suyuq holatga o`tishi kondensatsiya deyiladi. Cho`llarda shu yo`l bilan yoz oylari mobaynida 70-80 mm nam to`planishi mumkin. Bu holat ayniqsa, qumli cho`llarda yaxshi juda seziladi. Shu sababli ularda gilli cho`llarga nisbatan o`simliklar ko`p bo`ladi. Mohonko`ldan ertalab yo`q mashinada o`tib ketib, tuproqni o`rganib, tushda ortga qaytayotsak mashina ertalab o`tgan joyidan o`tolmay, qumda botib qolgan edi. (Nazarov I.)
3. Sorbsion birikkan suv. Bular tuproq zarralarning molekulyar tortilishi tufayli hosil bo`lgan suvlardir. Bu suv 2 xil bo`ladi:
A) gigroskopik suvbug`simon suvning tuproq zarralari yuzasida adsorbsiyalanishi (singdirish) tufayli hosil bo`ladi. Gigroskopik suv tuproq zarralariga kuchli birikkanidan uni tuproqdan ajratib olish uchun tuproqni 1050 gacha qizdirish kerak. Bu suvdan o`simliklar foydalana olmaydi.
B) Pardali suvni tuproq zarralari kam kuch bilan tortadi. Bu bo`sh birikkan yoki pardali suv deyiladi. Bu suv sekin harakat qiladi va tuproq zarralarini qoplab turadi.
3. Kapillyar suv – tuproqdagi erkin suv bo`lib, pastdan yuqoriga (Minisk tortish kuchi), yuqoridan pastga bo`shliq orqali harakat qiladi. Bu tuproqda 5-6 m balandlikkacha ko`tariladi va o`simlik uchun asosiy suv hisoblanadi.
4. Gravitatsion suv – o`z og`irlik kuchi bilan filtrlanib pastga oqadigan va suv o`tkazmas (suvto`sar) qatlamgacha yetib boradigan suv.
Tuproqning nam sig`imibu tuproqning namni ushlab qolish qobiliyati hisoblanadi.
Tuproqning kapillyar nam sig`imituproqning kapillyar teshiklarida suvning ushlanib turishi.
Tuproqning dala nam sig`imi tabiiy holda tuproq namlanganda uzoq vaqt ushlanib qoladigan nam miqdoridir. Bu sizot suvlari chuqurligiga, mexanik tarikbiga va chirindi miqdoriga bog`liq bo`ladi.
Tuproqning me`yoriy nam sig`imi 50 % ga teng.

Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling