4-mavzu. Vektorlar sistemasi va uning rangi
Masala: Quyida berilgan vektorlar sistemasining bazislaridan birini quring va rangini aniqlang: a
Download 24.33 Kb.
|
4-mavzu. Vektorlar sistemasi va uning rangi Reja
Masala: Quyida berilgan vektorlar sistemasining bazislaridan birini quring va rangini aniqlang: a1(1; -1; 2; 3), a2(-2; -3; 0; 1), a3(-2; -9; 4; 6), a4(-1; 2; -2; -1).
a1x1+a2x2+a3x3+a4x4=θ vektor tenglama umumiy yechimini Gauss-Jordan usulida quramiz x1, x2 va x4 noma’lumlar umumiy yechimning bazis noma’lumlari. Demak, mos ravishda, a1, a2 va a4 vektorlar tizimi berilgan sistemaning bazislaridan birini tashkil etadi. Tizim 3 ta vektordan tarkib topgani uchun, berilgan vektorlar sistemasining rangi 3 ga teng. Agar a1, a2, …, am vektorlar sistemasining rangi r ga teng bo’lsa, u holda sistemaning r ta vektoridan tuzilgan har qanday chiziqli erkli qism osti sistemasi uning bazisi bo’ladi. Agar berilgan ikki n-o’lchovli a1 va a2 vektorlarning skalyar ko’paytmasi nolga teng bo’lsa, a1 va a2 vektorlar o’zaro ortogonal vektorlar deyiladi. «Ortogonal» iborasi real fazo vektorlari uchun «perpendikulyar» iborasi bilan almashtirilishi mumkin. Masalan, a1(-1; 2; 0; 3) va a2(4; 2; -5; 0) vektorlar o’zaro ortogonal vektorlardir, chunki (a1, a2) = -1*4+2*2+0*(-5)+3*0 = 0. n-o’lchovli vektorlardan tarkib topgan vektorlar sistemasi berilgan bo’lib, sistema vektorlarining har qanday ikki jufti o’zaro ortogonal bo’lsa, u holda sistemaga ortogonal vektorlar sistemasi deyiladi. Masalan, a1(3; 2; 1), a2(2; -3; 0), a3(-3; -2; 13) vektorlar sistemasi ortogonaldir, chunki (a1, a2)=0, (a1, a3)=0 va (a2, a3)=0. Har qanday nolmas vektorlardan iborat ortogonal vektorlar sistemasi chiziqli erkli sistemadir. n-o’lchovli k ta a1, a2, …, ak vektorlardan iborat chiziqli erkli sistema berilgan bo’lsin. a1, a2, …, ak vektorlar sistemasi ustida ortogonal vektorlar sistemasini qurish mumkin, ya’ni chiziqli erkli a1, a2, …, ak sistemani, mos ravishda b1, b2, …, bk ortogonal sistema bilan almashtirish mumkin. Almashtirish quyidagi Shmidt formulalari yordamida amalga oshiriladi: t-1 Download 24.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling