Ish haqi bo‘limi:
—xizmat vazifalarini tahlil etish;—ishlar tasnifi va ularni tariflash;
—haqto‘lash va mukofotlash tizimini ishlab chiqish;
—tarif stavkalari va shaxsiy haq to‘lash me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadi.
Mehnat munosabatlari bo‘limi:
—jamoa shartnomalarida ishtirok etadi va kelishilgan siyosatni faol o‘tkazadi;
—mehnat shartnomalarida belgilangan asosda shikoyatlar bilan ishlaydi, barcha bahslarni hal etadi;
—firma ma’muriyati va xodimlar o‘rtasida shaxsiy va guruhiy aloqalar va munosabatlarni rivojlantirishga ko‘maklashadi;
— shaxsiy ishlar va mehnat statistikasini olib boradi.
Kasbiy ta’lim va qayta tayyorlash bo‘limi:
—ishlab chiqarish ta’limi bilan shug‘ullanadi, shu jumladan yangi xodimlarga yo‘riq beradi;
—firma xodimlari orasidan malakali ishchilarni qayta tayyorlash dasturlari «ustoz—shogird» tizimini yo‘lga qo‘yadi;
—yo‘riqchilar (ustalar, texniklar, boshqaruvchilar)ni maxsus kurslarda o‘qitadi;
—o‘quv materiallari tayyorlaydi;
—firma xodimlarining shaxsiy dasturlar asosida o‘qish xarajatlarini qoplaydi;
—kutubxona fondini boyitadi;
—korporativ nashrlar (ko‘p nusxali gazetalar va jurnallar), ratsionalizatorlik takliflarini to‘plash bilan shug‘ullanadi;
—tashqi o‘quv markazlari bilan aloqada bo‘ladi;
—o‘quv dasturlari hisob-kitobi va statistikasini olib boradi.
Ijtimoiy rivojlanish bo‘limi:
—jamoa (guruh) bilan ixtiyoriy sug‘urta (hayotni, sog‘liqni, baxtsiz hodisalardan sug‘urta) qilish;
—pensiya ta’minoti tizimi, firma xodimlari uchun huquqiy yordam;
—ishdan bo‘shaganda kompensatsiya to‘lash;
—ovqatlanishni tashkil etish;
—dam olishni tashkil etish: ijtimoiy va sport-sog‘lomlash-tirish dasturlari (tadbirlari).
Mehnat xavfsizligi va tibbiy yordam bo‘limi:
—texnika xavfsizligi standartlarini ishlab chiqish;
—tovarlar, loyihalar, jihozlarning xavfsizlik standartlariga muvofikdik ekspertizasini amalga oshirish;
—baxtsiz hodisalarni tekshirish, bu haqda tegishli hujjat-larni rasmiylashtirish;
—ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash, bu masalada tegishli targ‘ibot ishlarini olib borish;
—xodimlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish;
—xodimning ishlab chiqarishda yo‘kdigi sabablarini anikdash va tahlil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |